Lavashak
|
| |
| Turi | Mevali yegulik |
|---|---|
| Milliy oshxona | Eron oshxonasi |
| Asl nomi | Lavāshak |
| Muallifi | Eronliklar |
| Asosiy komponentlari | Quritilgan meva va rezavorlar |
Lavashak (forscha: لواشک) – Eron oshxonasiga xos boʻlgan nordon, shoʻr yoki shirin taʼmli mevali qoqisi. U odatda olxo‘ri, o‘rik, anor kabi mevalar pyuresidan yoki turli meva pyurelarining aralashmasidan tayyorlanadigan yupqa, zich va quritilgan qatlamdan iborat[1].
Lavashak Eronning juda qadimiy mevali qoqisi boʻlib, uning tarixi ming yillarga boradi. Lavashak tayyorlash uchun mevalar qaynatilib quyuqlashtiriladi, bir oz tuz qoʻshiladi, keyin esa elakdan oʻtkaziladi. Hosil boʻlgan massa taxminan ikki millimetr qalinlikda tekis qilib yoyilib, sovib qotguncha quritiladi[2].
Lavashak Eron oshxonasida shirin, nordon va shirin-nordon turlarda uchraydi[3].
Lavashak qadim zamonlardan beri mevalarni saqlash usuli sifatida ishlatilgan. Avlodlar davomida u uy sharoitida anʼanaviy tarzda tayyorlanib kelingan. Hozir esa lavashak sanoat usulida ham ishlab chiqariladi[4].
Nomi
Lavashak nomi forscha „لواش“ (lavosh) soʻzidan kelib chiqqan. Lavash – Eron, Armaniston va ayrim boshqa Osiyo mamlakatlarida uchraydigan anʼanaviy yupqa non turi hisoblanadi. Fors tilidagi „-ak“ qoʻshimchasi kichraytirish maʼnosini bildirgani sababli, lavoshak soʻzi taxminan „kichik non“ deb tarjima qilinadi.
Tarixi

Lavashakning Eron hududida ilk paydo boʻlishi Ahamoniylar davriga (miloddan avvalgi 550–330-yillar) borib taqaladi. Oʻsha davrda lavashak harbiy yurishlar va savdo safarlarida uzoq saqlanadigan oziq-ovqat sifatida ishlatilgan. Qadim zamonlarda eronliklar yirik mavsumiy mevalardan lavashak tayyorlanib, uni yil davomida isteʼmol qilganlar[5].
Oʻrta asrlarda lavashak bayramlar va diniy marosimlarda isteʼmol qilinadigan mashhur gazak sifatida tanilgan. U quvonch ramzi sifatida qaralgan.
Qojarlar davrida lavashak tayyorlash va isteʼmoli yanada kengaydi. Eron hududida kichik lavashak ishlab chiqarish sohasi shakllanib, uni bozorga yetkazib berish uchun yangi usullar yaratildi. Bu davrda lavashak bayramlar va oilaviy tadbirlarda ommabop sovgʻa sifatida qoʻllanilgan.
20-asrga kelib, zamonaviy texnologiyalar va yangi ishlab chiqarish hamda qadoqlash usullarining joriy etilishi bilan Eronning lavashak sanoati yanada rivojlandi. Bu davrda yirik lavashak ishlab chiqaruvchi korxonalar paydo boʻldi va lavashak xorijda ham ommabop oziq mahsulotiga aylandi[6].
Manbalar
- ↑ Ahueats. „*Lavashak (Persian Fruit Leather)*“ (2016-yil 1-avgust). Qaraldi: 2025-yil 22-noyabr.
- ↑ Najmieh Batmanglij: Plum Paste Rolls (Fruit Roll-ups). In: New Food of Life. Mage Publishers, Washington DC 1992, S. 275
- ↑ „Lavashak – Persian Fruit Leather“. Qaraldi: 2025-yil 22-noyabr.
- ↑ „Lavashak – Persian Fruit Roll“. Qaraldi: 2025-yil 22-noyabr.
- ↑ Haghighi, Mohsen „Introduction to Lavashak and Its Place in Persian Cuisine“ (2023). 2025-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 22-noyabr.
- ↑ Bashiri, Mohammad „تاریخچه 2300 ساله ساخت لواشک در ایران“ (2023). 2025-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 22-noyabr.
| Oziq-ovqatga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.