Murabbo
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. (2025-02) |
Murabbo — hoʻl meva, rezavorlar hamda shakardan tayyorlanadigan shirinlik. Ishlatiladigan meva turlariga qarab behi M., anjir M., nok M., olma M., uzum M., olxoʻri M., olcha M., qulupnay M., qovun M., sabzi M. va boshqa turlari bor. Behi M. — behi 4 ga boʻlinib, urugʻi olib tashlanadi, soʻngra eni 0,5 sm keladigan tilimchalar kesiladi va krzoniga solib ustidan koʻmib turadigan qilib suv quyiladi, bir qaynab chiqqach, chovli bilan suzib olinadi, sharbati suzgichdan oʻtkaziladi. Qozonga shakar solib ustidan behi sharbati quyiladi (1,2 kg shakarga 0,5 l sharbat) va kiyom kaynatiladi. Qaynab turgan qiyomga suzib olingan behi solinadi. M. 5—6 min. qaynagach, olovi pasaytiriladi va qiyom qizil tusga kirguniga qadar pishirish davom ettiriladi. 1 kg behiga 1,2 kg shakar kerak. Olxoʻri M. — yaxshi pishgan olxoʻrining bandlarini olib tashlab, issiq suvga 5—6 min. solib qoʻyiladi. Soʻngra olxoʻrining bir necha yeri teshiladi (baʼzan pichok, bilan oʻrtasidan tilinadi). Qiyom alohida tayyorlanadi. Issiq qiyomni olxoʻri ustidan quyib, 15—20 soat olib qoʻyiladi. Uchinchi marta qiyom meva bilan birga qaynatiladi. 1 kg olxoʻriga 1,2 kg shakar, 0,5 l suv, tayyor M.ga qoʻshish uchun 10—15 tomchi olxoʻri essensiyasi kerak.
M. pishirish uchun qiyomning sifati katta ahamiyatga ega. M. batamom pishgan boʻlsa, meva idish yuzasida qalqimasdan qiyom ichida bir tekis tarqaladi, qiyom esa tiniq tusga kiradi, sifatli qiyom tomchisi sovuq suvga tomizib koʻrilganda darrov erib ketmaydi. M. taʼmi va rangini yaxshilash uchun mevalar essensiyasi, limon kislotasi, vanilin, zaʼfaron va boshqa solinadi.
Adabiyot
- M ahmudov. K., Oʻzbek tansik, taomlari, T., 1989.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.