Behi

Behi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Behi (Cydonia oblonga Mill.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. Behining Ozarbayjon, Dogʻiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida "avya" shaklida tilga olingan. Behi Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. Oʻzbekistondagi Behizorlarning 80% Fargʻona vodiysida. Balandligi 5–6 m, shoxshabbalari piramida shaklida, baʼzan tarvaqaylab oʻsadi. Bargi oddiy, yashil, cheti butun. Gullari yakka holda, oq yoki och pushti, aprelda gullaydi. Koʻchati oʻtqazilgach, 3—4 yili hosilga kiradi, 30—40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari oʻrtacha 60— 70 kghosil beradi. Mevasi sentabr—oktyabr oylarida uzib olinadi; vazni, naviga qarab 150—500 g. Behi mevalari limon rangda yoki toʻq sariq, tuk bilan qoplangan; yetilganda tuki toʻkilib ketadi, xushboʻy. Yangi uzilgan mevasi kam isteʼmol qilinadi. Behi entomofil (hasharotlar bilan changlanadigan) oʻsimlik. Behi tarkibida 74,7—83,5% suv, 8,5— 15,2% qand, 0,2—1,5% kislota bor, shuningdek oshlovchi moddalar va tosh hujayralar boʻladi. Mevasi dagʻal boʻlib, uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi. Behidan murabbo, kompot, marmelad, sukat, qiyom, jem tayyorlanadi, ovqatga (koʻpincha palovga bosiladi) ishlatiladi. Behi, asosan, payvandlab koʻpaytiriladi, koʻchati 6×6 yoki 5×5 m sxemada oʻtqaziladi. Behining koʻpchilik navlari nokka payvandtag boʻla oladi; unga ulangan nok pakana boʻladi. Behi issiklik va namlikka talabchan. Sugʻoriladigan unumdor tuproqlarda, shuningdek shoʻri kam yerlarda yaxshi oʻsadi. Oʻsuv davrida tuproq sharoitiga qarab 3—8-marta sugʻoriladi.

Asosiy navlari: Non Behi, Quva Behi, Shirin Behi, Samarqand yirik Behi, Xorazm olmasimon Behi N o n Behi —ertapishar, xoʻraki va konservabop, daraxti oʻrtacha. Mevasi yirik 300—400 g, olma shaklida, sariq. Eti sargʻish, oʻrtacha suvli, sal nordon, xushboʻy. Sentabrning ikkinchi yarmida uziladi, dekabrgacha saqlanadi. 50–70 kg hosil beradi; Quva Behi—oʻrtapishar, xoʻraki, daraxti katta (5–6 m), mevasi oʻrtacha (150—200 g), tilimli, olma shaklida, och sariq. Eti oq, tigʻiz, oʻrtacha suvli, shirin, xushxoʻr. Oktyabr boshlarida uziladi, yanvargacha saqlanadi. Tupi 150–200 kg hosil beradi; Shirin Behi—ertapishar, xoʻraki, daraxti oʻrtacha. Mevasi 150—180 g, tilimli, noksimon, eti och sariq, sersuv, shirinnordon, yeyishli. Sentabrning ikkinchi yarmida uziladi, uzoq saqlanmaydi.

Zararkunandalari: olma qurti, olma qon biti, nok kanasi, doʻlana kapalagi va boshqa; kasalliklari: qora chirish, zang va boshqa

Rixsivoy Joʻrayev.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.