Holva

Holva (arabcha: حَلْوَى‎) — shirinlik turi. Qand yoki asaldan qaynatilgan qiyomga yogʼ, kunjut, yongʻoq magʻzi, bodom magʻzi, un hamda boshqa masalliqlar solib tayyorlanadi. Taʼmini yaxshilash uchun Holvaga kakao va kakao kukuni, mayiz, sukatlar, vanilin, limon kislota va boshqa qoʻshiladi. Solinadigan masalliqqa koʻra, Holvaning bodroq Holva, magʻiz Holva, yongʻoq Holva kungaboqar Holva, kunjut Holva, yeryongoq Holva, pashmak Holva kabi turlari mavjud. Har bir Holva turi oʻz navbatida qoʻshilgan yordamchi masalligʻiga qarab vanilin, shokoladli, vitaminlashtirilgan va boshqa nomlar bilan ataladi. Sharq mamlakatlarida, jumladan Oʻrta Osiyoda qadimdan qolvapazlik (holvachilik) kasbi mavjud boʻlgan. Yirik shaqarlarda holva-pazlar uzum yoki tut shinnisi, un, yogʻ, kunjut, oʻrik va boshqalardan, keyinchalik shakar va qanddan foydalanib turli-tuman Holvalarni tayyorlashga ixtisoslashganlar.

Bodroq Holva tayyorlash uchun bodroq bilan qovurilgan yongʻoq magʻzi goʻshtqiymalagichdan oʻtkaziladi (yoki yanchila-di). Mahsulot yogʻlangan laganchaga solinadi, ustidan eritilgan asal yoki qiyom quyib, yaxshilab aralashtiriladi, soʻng 1 sm qalinlikda yoyib presslab, toʻrtburchak yoki romb shaklida kesiladi.

Magʻiz Holva tayyorlash uchun oʻrik yoki bodom, pista, yongʻoqning magʻzi qovu-rilib, yogʻ surtilgan gaz patnisga I sm qalinlikda yoyib teriladi. Qozonga shakar solib, meʼyoridan oʻtkazib qiyom pishiriladi. Qiyom patnisdagi qovurilgan magʻizlar ustiga bir tekisda qilib quyiladi. Mahsulot sovigach, oʻtkir pichoq yordamida kattaligi 4x10 sm keladigan boʻlakchalarga boʻlinadi.

Ayrim Holvalar tarkibida yogʻ koʻp (30%) boʻlgani sababli tez buzilishi mumkin, namligi 4%. "Lavz" va "Toʻy", "Sovunak" kabi Holva turlariga qoʻy va oʻsimlik yogʻi, un, shakar qiyom, koʻpirtirilgan tuxum oqi va sovunak ildizi qaynatmasi qoʻshiladi.

Umid Ahrorov.

Galereya

Yana qarang




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.