Halim

Halim — bugʻdoy va mol goʻshtidan tayyorlanadigan qadimiy taom, oʻzbek pazandaligida tansiq taomlardan biri. Uzoq qaynatib pishiriladi. Buxoro va Samarqand viloyatlarida "halisa" deb ham nomlanadi. H. tayyorlash uchun qayroqi bugʻdoy bir oz namlanib, yogʻoch keli (oʻgʻir)da tuyilib, sovuq suvda yuviladi, soʻng 5 — 6 soat davomida iliq suvda ivitiladi.

Oʻsimlik yogʻi qizdirilgan qozonda loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan qoʻy yoki mol goʻshti qizarguncha qovuriladi, soʻng tayyorlab qoʻyilgan bugʻdoy solinib, darhol suv quyiladi va 2—3 (dosh-qozonlarda 9—10) soat davomida mildiratib qaynatiladi. Taom toʻxtovsiz kovlab turilishi lozim. Agar bugʻdoy pishmay turib suvi bugʻlanib ketsa, oz-ozdan qaynoq suv quyib turiladi.

H.ning bugʻdoyi ezilib, goʻshti esa hil-hil pishib, bugʻdoyga tolasimon boʻlib aralashib ketgach tuzi rostlanadi va olovi pasaytirilib, 2—3 soat davomida "dam beriladi". Tayyor taom lagan, taqsimchalarda dasturxonga tortiladi (ayrim joylarda suzilgan taomga dolchin yoki shakar sepiladi). H. koʻproq Navroʻz bayrami-da, maʼraka-marosimlarda, hayit, ulugʻ yoshni nishonlash va boshqa da tayyorlanadi.





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.