Yoztepa
Yoztepa, Yozdepe — ilk temir davriga oid qishloq harobasi (mil. av. 9— IV asrlar). Turkmanistonning Murgʻob vohasida, Bayramali sh.dan 34 km shim.gʻarbda joylashgan. Mayd. 16 ga ga yaqin. 1954—56 yillarda professor V. M. Masson oʻrgangan. Tepalik ustiga yirik xom gʻishtdan qurilgan hisor atrofi devor bilan oʻrab olingan. Hisorning jan. qismidan jamoat binosi — saroy yoxud ibodatxona qoldiklari qazib oʻrganilgan. Bu yerda usti yopiq bir nechta tor xona hamda katta, tarxi toʻrtburchak zal tadqiq qilindi. Binoning shim. tomonida hovli joylashgan. Hisor atrofida 3 uy va kichik tor kucha qoldigʻi chiqqan. Xonalarning bir qismi xoʻjalik xizmatini oʻtagan (omborxona, oshxona). Aholining asosiy mashgʻuloti sugʻorma dehqonchilik boʻlgan. Yirik kanallardan iborat irrigatsiya shoxobchasi izlari aniklangan. Bu kanallarning har ikki tomoniga dalalarni bevosita sugʻoradigan ariqlar chiqarilgan. Xumdon, temir boltalar, pichoq, yorgʻuchoq, igna, bigiz, jez paykonlar topilgan. Yo. II davri (mil. av. VII asrdan) dan boshlab barcha sopol buyumlari (oshxona idishlaridan boshqa) kulolchilik charxida tayyorlanib, sirti tiniq angob bilan qoplangan. Qozonlar qoʻlda, qoʻpol qoliplarda tayyorlangan. Yo.liklar xom gʻisht (55x25x11 sm)dan ishlangan koʻp xonali uylarda yashashgan. Xilma-xil shakldagi naqshli sopol idishlarning topilishi Yo.da kulolchilik keng taraqqiy etganidan dalolat beradi. Sopol idishlar, asosan, kulolchilik charxida va qoʻlda ishlangan. Idishlarning sirtiga toʻr, tasmasimon, toʻrtburchak, uchburchak shaklida rangli naqsh berilgan. Bundan tashqari jez va temirdan qilingan ov va mehnat qurollari, turli taqinchoqlar uchraydi. Yo.da oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar Murgʻob vohasida dehqonchilik bilan shugʻullangan eng qad. oʻtroq qabilalarning hayoti haqida boy maʼlumotlar berdi.
Adabiyot
- Tolstov S. P., Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii, M.—L., 1948; Masson V. M., Drevnezemledelcheskaya kultura Margiani, M,—L., 1959.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.