Angob

Angob — qizil kesakdan tayyorlangan boʻyoq. Angob kulolchilikda keng qoʻllanadi. Sopol idishlar va buyumlar Angob surtishdan oldin quritiladi. Notekis joylari maxsus loy (dazmol loy) bilan tekislanadi, soʻng hoʻl latta bilan silliqlanadi. Baʼzan Angob bir necha qavat surtiladi. Idishlar va buyumlar Angobdan keyin naqshlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari Angobni neolit davri (miloddan avvalgi IV — III ming yillik)dan boshlab sopol idishlarga naqsh berishda va boʻyashda ishlatgan. Kushon podsholigi (miloddan avvalgi II— I va milodiy I— IV asrlar) davridagi sopol idishlarning sirti Angob bilan boʻyalgan. Bunday idishlar Oʻrta Osiyoda qoraxoniylar davri (XI — XII asrlar)da ham keng tarqalgan. Angobdan qadimgi qabilalar oʻliklarni koʻmishda ham foydalangan. Koʻpincha murdaga Angob surtib yoki sepib koʻmilgan. Qadimgi odamlar gʻorlarning devorlariga va qoyatoshlarga Angob bilan rasmlar chizgan. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Zarautsoydan 1936-yilda G. V. Parfenov topgan qadimgi rasmlar (hayvonlar shakllari) ham Angob bilan chizilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.