Jez
Amerika Qoʻshma Shtatlari Jez, latun — asosan, mis bilan ruxdan (50% gacha) iborat qotishma. Jez olish qadimdan (mil. av.) maʼlum. Ilgari (XVIII asrgacha) misni pista koʻmir qoʻshilgan pyx rudasi bilan birga eritib Jez olishgan, XIX asrga kelib misni toʻgʻridan-toʻgʻri pyx bilan birga eritib ola boshlashgan. Tarkibida rux miqdori ortgan sari Jez rangi qizgʻishdan och sariq ranggacha oʻzgaradi. Koʻrkamligi, arzonligi, mexanik xossalari yaxshiligi uchun mis qotishmalari ichida Jez eng koʻp ishlatiladi.
Oddiy Jez — misning faqat rux bilan qotishmasi. Tarkibida 10% gacha rux boʻlgan Jez tompak, 1 0 — 2 0% gacha rux ft/ boʻlgani yarim topak deb ataladi. Bularning zanglashga chidamliligi va plastikligi yuqori boʻlgani uchun ulardan radiator va kondensator quvurlari, list va lentalar tayyorlanadi. Tarkibida taxminan 30% rux boʻlgan Jez patron latuni deyiladi va sovuqlayin shtamplash, presslash yoʻli bilan undan turli buyumlar olinadi. Tarkibida 39% gacha rux boʻlgan Jez bir fazali (a), 39 dan 45% gacha rux boʻlgani ikki fazali (5) qotishmalardir.
Jez tarkibida rux miqdori kamaygan sari qotishmaning plastikligi ortib boradi. Eng plastik Jez a — latundir. Tarkibida 45% dan ortiq rux boʻlgan Jezlar juda qattiq va moʻrt boʻlganligidan texnikada ishlatilmaydi. Jezning xossalarini yanada yaxshilash uchun alyuminiy, qalayi, temir, marganets, nikel, kremniy, qoʻrgʻoshin va b. elementlar (hammasi boʻlib 10% gacha) qoʻshiladi. Shunda koʻp aralashmali (maxsus) Jez hosil boʻladi. Tarkibida chamasi 15% rux va 0,5% alyuminiy boʻlgan Jez tillarang boʻlgani uchun undan zargarlik va bezak buyumlari tayyorlanadi. Tarkibida 1,5% gacha qalayi boʻlgan Jez dengiz latuni deyilib, dengiz suviga chidamli boʻlgani uchun kemalarga ishlatiladi, 3% gacha qoʻrgʻoshin qoʻshilgan Jez (qarang Avtomat latuni) avtomobil va soatsozlikda qoʻllanadi.
Jez deformatsiyabop va quymabop xillarga boʻlinadi. Deformatsiyabop Jezdan quvurlar, list, tasma, chiviq va b. prokatlanadi, quymabop Jezdan esa armaturalar, antifriksion detallar, podshipnik vtulkalari va b. quyiladi. J. umumiy mashinasozlikda, asbobsozlikda, issiqlik texnikasi va b. sohalarda ishlatiladi.
Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.