Vikigid
|
| |
| Web-manzil | www.wikivoyage.org |
|---|---|
| Interwiki | voy: |
| Asosiy boʻlim | jami 17 tilda (inglizcha, xitoycha, niderlandcha, fransuzcha, olmoncha, yunoncha, ivritcha, italyancha, forscha, polyakcha, portugalcha, rumincha, ruscha, ispancha, shvedcha, ukraincha, vyetnamcha) |
| yoʻq | |
| Asos solingan sana | 15 yanvar 2013-yil |
| Litsenziya | erkin |
| Reklama | yoʻq |
Vikigid (viki va gid soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikivoyage) koʻngillilar yozadigan, turizm va sayohat mavzulariga bagʻishlangan erkin yoʻlkoʻrsatkichdir. Vikigid Vikipediyaga qardosh loyiha boʻlib, u ham Vikimedia Jamgʻarmasi tomonidan yuritiladi. Vikigidni baʼzan „koʻrsatkichlar Vikipediyasi“ deb atashadi.
Loyihaning boshlanishi Wikitravelning olmoncha hamda italyancha versiyalari tahrirchilari 2006-yilning sentabr oyida oʻz faoliyatlarini va oʻsha paytdagi materiallarni yangi saytga koʻchirib oʻtishga qaror qilishlariga borib taqaladi. Koʻchib oʻtish Wikitravel saytining litzenziyasiga muvofiq amalga oshirildi. Bunday qilish forking deb nomlanadi. Yangi sayt „Wikivoyage“ nomi ostida 2006-yilning 10-dekabrida ishga tushdi. Loyihaga Wikivoyage e.V. maxsus olmon assotsiatsiyasi yetakchilik va egalik qildi. Yangi saytda materiallar Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirildi.
Oʻz xostidan uzoq payt norozi boʻlib yurgan inglizcha Wikitravel jamiyati 2012-yilda loyihani fork qilishga qaror qildi. Inglizcha Wikitravel jamiyati Wikivoyage bilan birlashdi. Wikivoyagening barcha tillardagi versiyalari uchun Vikimedia Jamgʻarmasi xostlik qila boshladi. Jamgʻarmaning turli jamiyatlari ishtirokida boʻlib oʻtgan muhokamalardan keyin, Wikivoyage sayti 2012-yil dekabrda Vikimedia Jamgʻarmasi serverlariga olib oʻtildi. Wikivoyage 2013 yil 15-yanvarda — Vikipediya ishga tushganining 12 yilligida — Vikimedia loyihasi oʻlaroq rasman ish boshladi.
Havolalar
| Vikiomborda „Vikigid“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalari | ||
|---|---|---|
| Asoschilar | Jimmy Wales • Larry Sanger | |
| Boshqa | Hududlardagi Vikimedia tashkilotlari | |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.