Xost
Xost, Xust, Xasht — oʻrta asrlarda Toxaristonga mansub shaharlardan biri. Andarob sh. (Shim. Afgʻoniston) yaqinida, Banda daryosi boʻyida, alKurza vodiysida joylashgan. X. alohida okrug ("amal") markazi boʻlib, unga 4 togʻ daryosi boʻylab oʻtgan 4 yoʻl tutashgan. Xitoy sayyohi Syuan Szan asarida X. Toxaristondagi Kyusito mulki sifatida qayd etilgan. VII asrda bu yerda 3 ta Budda ibodatxonasi va bir necha rohiblar boʻlgan. Bu yerda arablar istilosi davrida qalʼa boʻlib, unda Nizak Tabarxon (Nizak Tarxon) Qutayba ibn Muslim taʼqibidan qochib yashiringan. Qutayba bu mustahkam qalʼani kuch bilan egallay olmay, uni faqat hiyla bilan zabt etgan.
X. IX—X asr manbalarida qayd etilgan. IX asrda X.da jome masjidi boʻlgan. X asrda X. hosildor yerli, qalin bogʻlarga ega ozoda va goʻzal shahar hisoblangan. Unda arablarning "ashraf" qabilasi yashagan, bu qabila XII asrda Samʼoniy asarida ham qayd etilgan. Moʻgʻullar istilosidan loʻng , shuningdek, Amir Temur va temuriylar davrida Balxga, XVI—XVII asrlarda esa Balx xonligiga tobe boʻlgan. Oʻrta asr X. shahri hozir ham oʻz nomini saqlab qolgan. U XX asr boshida Farang bilan birga Kattagon hokimiga tobe bir oʻlkani tashkil qilgan.
Adabiyot
- Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachale XIII vv., T., 1996.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.