Strongiloidoz
| Strongiloidoz | |
|---|---|
|
Strongyloides stercoralis lichinkasi | |
| KXK-10 | B78 |
| KXK-9 | 127.2 |
| DiseasesDB | [1] |
| eMedicine | article/229312 |
Strongiloidoz – parazitlar keltirib chiqaruvchi kasallik hisoblanadi. Bu parazitlar asosan insonning hazm tizimi aʼzolarida parazitlik qiladi.[1]
Qoʻzgʻatuvchisi
Qoʻzgʻatuvchisi – strongiloid yoki ichak ugritsasi (lotincha: {{{1}}} Strongyloides stercoralis) – mayda tiniq ipsimon nematoda, ayrim jinsli, uzunligi 2—3 mm ga teng. Odamning ingichka ichagida ichak kriptalari (liberkun bezlari) boʻshligʻi hamda oʻt va pankreatik yoʻllarga kirib yashaydi. Har bir urgʻochi parazit bir kunda 50 taga yaqin tuxum qoʻyadi[2]. Tuxumlardan ichakda rabditsimon (invaziv boʻlmagan) lichinkalar chiqadi, ularning kattaligi 0,1—0,3 mm ni tashkil qilib, oldingi uchi – toʻmtoq, orqa uchi esa oʻtkir boʻladi[3].
Strongiloidoz
Strongiloidoz – geogelmintoz boʻlib, invaziya manbai odam hisoblanadi. Rabditsimon lichinkalar odam najasi bilan tuproqqa tushib, 1—4 kundan soʻng filariysimon (invazion) lichinkalarga aylanadi[4]. Koʻpincha rabditsimon lichinkalar erkin harakatlanuvchi urgʻochi va erkak parazitlarga aylanadi, ular esa tuproqda uzoq vaqt yashashi va rabditsimon lichinkalarning yangi avlodlarini paydo qilishi mumkin, ular ham filariysimon shakllarga aylanadi[5]. Odam ovqat mahsulotlari, ayniqsa sabzavot va mevalarni isteʼmol qilish orqali filyariysimon lichinkalarni yutib yuborganda hamda ularning teri orqali faol kirishi natijasida kasallik yuqtiradi. Filariysimon lichinkalar odam organizmiga tushgandan soʻng qon oqimi bilan migratsiya qiladi va oʻpkaga kiradi. Bu yerda kapillarlarni yorib, ular alveolalar boʻshligʻiga, soʻngra – bronxlar va shilimshiq bilan [[ogʻiz boʻshligʻi]]ga tushadi[6]. Soʻlak bilan yutilgandan keyin ichakka yetib borib, jinsiy yetilish davrigacha rivojlanadi. Odam organizmidagi strongiloid 17—27 kun davomida rivojlanadi. Invaziyaga barcha yoshdagi kishilar beriluvchandir.
Patogenezi

Invaziya patogenezida, ayniqsa dastlabki migratsion bosqichda parazit almashinuvi mahsulotlari bilan organizm sensibilizatsiyasi katta ahamiyatga ega[7]. Katta urgʻochi gelmint yopishib, parazitlik qilishi natijasida ingichka ichak mexanik jarohatlanadi[8]. Oshqozon ichak yoʻllarida qon quyilishlar, eroziyalar va hatto yaralar aniq lanadi. O‘pkada parazitar oʻchoqlar, jigar va oshqozon osti bezida distrofik oʻzgarishlar kuzatiladi[9].
Klinikasi
Kasallikning dastlabki bosqichida holsizlik, bosh ogʻrigʻi, terining qichishishi, tana haroratining biroz koʻtarilishi va toshmalar toshishi mumkin. Bronxit va pnevmoniya simptomlari kuzatiladi. Kasallikning ichak bosqichida ishtaha pasayib, ogʻizda achchiq taʼm seziladi, koʻngil ayniydi, baʼzan qusish, qorin, oʻng qovurg‘a sohasida og‘riq va qabziyat (ayrim bemorlarda esa aksincha – ich ketishi) qayd etiladi. Koʻpincha oshqozon osti bezi zararlanishi (pankreatit) belgilari kuzatiladi.
Diagnostikasi
Strongiloidoz uchun qonda eozinofiliya xos. ECHT 40—60 mm / soatgacha oshishi mumkin[10]. Kasallikka erta tashxis qoʻyishda qondagi koʻrsatkichlarda boʻlgan eozinofiliyaga eʼtibor beriladi. Migratsiya qilayotgan lichinkalarni topish uchun mikroskopda balg‘am tekshiriladi. Ichak bosqichida tashxis duodenal suyuqlik va najasni tekshirish orqali lichinkalarni topishga asoslangan. Najas asosan yangiligida, iloji boricha ich suruvchi dorilar qabul qilgandan soʻng tekshiriladi. Strongiloidozga gumon qilinganda birinchi [[[laboratoriya]] natijasi ijobiy boʻlmasa, 5—7 kunlik interval bilan 3—5 marta takroran tekshiriladi.
Davolash
Davolashda tiabendazol (mintezol) kuniga 25—50 mg/kg dan ovqatdan 30 daqiqa keyin 2 kun davomida beriladi. Shu bilan birga desensibilizatsiyalovchi va siptomatik preparatlar qoʻllanadi.
Profilaktikasi
Profilaktikasi bemorlarni aniqlash va davolash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish hamda tuproqni najaslar bilan ifloslanishining oldini olish kabilarni oʻz ichiga oladi.
Galereya
Manbalar
- ↑ „Strongyloidiasis“. emedicine.medscape.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Global prevalence of strongyloidiasis: critical review with epidemiologic insights into the prevention of disseminated disease.“. reference.medscape.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Острый и хронический стронгилоидоз у российских туристов, посетивших Таиланд, Черноморское побережье Краснодарского края и Абхазии: проблемы диагностики и лечения. Анализ случаев и обзор литературы“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Strongyloides stercoralis: there but not seen“. www.ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Regulatory T cell expansion in HTLV-1 and strongyloidiasis co-infection is associated with reduced IL-5 responses to Strongyloides stercoralis antigen“. pubmed.ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Strongyloides appendicitis: unusual etiology in two siblings with chronic abdominal pain.“. reference.medscape.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Eosinophilic oophoritis: association with positive Strongyloides stercoralis serology and clinical response to ivermectin.“. reference.medscape.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Disseminated strongyloidiasis in nephrotic syndrome.“. reference.medscape.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Minimal change nephrotic syndrome in association with strongyloidiasis.“. reference.medscape.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Childhood nephrotic syndrome in Cambodia: an association with gastrointestinal parasites.“. reference.medscape.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.