Bronx

Bronx, bronxlar (yun. bronchus — nafas nayi) — odam va yuqori tuzilgan umurtqalilar kekirdagining havo oʻtadigan naysimon tarmoqlari. Kekirdak (traxeya) 4—5 koʻkrak umurtqasi qarshisida oʻng va chap bronxga boʻlinadi (bifurkatsiya). Oʻng bronx chap bronxga nisbatan yoʻgʻon va kalta, chap bronx esa uzun va ingichka; oʻng bronx deyarli vertikal yoʻnalgan boʻlib, kekirdakning davomi hisoblansa, chap bronx kekirdakdan chapga burchak hosil qilib chiqadi va bir oz gorizontal yoʻnalgan boʻladi. Bronx togʻay halqalardan tuzilgan, ular oraligʻini fibroz parda toʻldirib turadi. Asosiy bronx oʻpka darvozasiga kirib, oʻpka ichida avval boʻlak bronxlariga, soʻngra segmentar bronxlarga boʻlinadi. Ikkala oʻpkada taxminan 1000 boʻlak bronx boʻladi. Bronxlar bronxiolalargacha tarmoqlanib borib, bir butun bronxial "daraxt"ni hosil qiladi. Bronx oʻpka ichida tarmoqlanib, ingichkalashib boradi, eng oxiri, eng mayda bronxning uchi pufakchalar bilan tugaydi. Havo almashinish jarayoni pufakchalar, alveolalarda boʻladi; havo nafas yoʻllarining hammasidan oʻtadi, chunki nafas naychasining devorlari togʻaylardan tuzilgani uchun ular puchayib qolmaydi. Bbonx shilliq qavati kiprikli epiteliy bilan qoplangan boʻlib, unda shilliq bezlar juda koʻp. Ular nafas yoʻliga tushgan yot jismlarni chiqarib yuboradi. havo yoʻllari esa nafas olganda havoni tozalab, namlab, ilitib pufakchalarga yoʻnaltiradi. Ikkala oʻpkada taxminan 300—500 mln. alveolalar boʻlib, 30—100 m2 sathni tashkil etadi. Koʻp hayvonlarda kekirdak (traxeya) ikki asosiy bronxga boʻlinadi. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda bronx yaxshi rivojlangan boʻlib, oʻpka ichida davom etadi. Sudralib yuruvchilarda asosiy bronxdan ikkilamchi bronx, bundan esa uchlamchi, toʻrtlamchi va sh.k. tarmoqlar ajralib chiqadi; toshbaqa va timsohlarda bronxning boʻlinishi ayniqsa murakkab. Qushlarda ikkilamchi bronx parabronxlar degan kanallar bilan tutashadi, bulardan radiuslar boʻyicha bronxiollar chiqadi, bronxlar esa tarmoqlanib, havoli kapillyarlarga oʻtadi. Bronxiollar va havoli kapillyarlardan tutash havoli yoʻllar vujudga keladi. Asosiy bronx ham, baʼzan yon bronx ham uchidan kengayib, havoli xalta hosil qiladi. Sut emizuvchilarda har bir asosiy bronx dan ikkilamchi bronx chiqadi, bu esa tobora mayda tarmoqdarga boʻlinadi; eng mayda tarmoqlar alveolyar yoʻllarga oʻtadi, bular esa alveolalar bilan tugaydi.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.