Yara
Yara – biror toʻqimaning turli sabablarga koʻra nobud boʻlgan qismi koʻchib, oʻrnida hosil boʻlgan (teri yoki shilliq pardaning, odatda, teri ostidagi toʻqimalarning ham) nuqsoni; granulyatsion toʻqima oʻsishi sekinlashuvi va teri yoki shilliq pardaning zararlangan joyida epiteliyning hosil boʻlish jarayoni buzilishi natijasida yara juda sekin bitadi (masalan, terining trofik yarasi). Yaraga mexanik va termik shikastlanishlar, kimyoviy moddalar, nurlarning teriga taʼsir etishi, shuningdek, nerv oziqlanishining buzilishi. Spetsifik (maxsus) hamda nospetsifik (nomaxsus) infeksiyalar (sil, zaxm va boshqalar), xavfli oʻsmalarning yemirilishi va hokazo sabab boʻladi.
Yara moddalar almashinuvining buzilishi (masalan, qandli diabetda), surunkali intoksikatsiya, vitaminlar yetishmasligi, endokrin buzilishlar, organizmning holdan toyishi va boshqalarga olib keladi. Yara koʻrinishi, chuqurligi va chetlarining holatiga qarab oval, dumaloq, chetlari oʻyilgan shaklda boʻladi. Chuqur yara qon tomir devorlarining buzilishiga olib keladi, natijada qon ketishi kuzatiladi. Yara uzoq kechib, chandiqlanib bitadi. Baʼzan yara qayta-qayta chiqishi ham mumkin. Yaraga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, ogʻirroq hollarda xirurgik amaliyot qoʻllanadi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.