Skripka
|
Zamonaviy standard skripkaning oldi va yonidan koʻrinishi | |
| Torli asbob | |
|---|---|
| Turi |
Torli asbob |
| Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi |
321.322-71 (Kompozit xordofon) |
| Registri | |
|
(standart sozlangan skripka) | |
Skripka (slavyancha skri — gʻijirlamoq) — torli kamonli musiqa cholgʻu asbobi. Skripkasimon cholgʻu asboblari orasida (S, alt, violonchel, kontrabas) yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umumiy uz. — 600 mm. Skripkaning klassik shakli 15 —XVI asrlarda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. 17— XVIII asrlarda Shimoliy Italiya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar skripkaning mukammal namunalarini yaratishgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. 17— XVIII asrlardan skripkada yakkanavozlik sanʼati rivojlanib kelmoqda, skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada XIX asrda virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlar N. Paganini, P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta boʻldi. XX asr skripkachilaridan F.Kreysler (Avstriya), I. Menuxin (Angliya), I. Stern, I. Perelman (AQSH), A.S.Mutter (Germaniya), Sh. Mins (Isroil), G. Shering (Meksika), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov (Rossiya), G. Krem yer (Latviya) va boshqalar mashhur. Oʻzbekistonda M. Reyson, N.Pover, V. Yudenich va boshqa skripkachilar tanilgan. Hozir yosh avlod ijrochilaridan D.Xoliqov, N. Hoshimov, T.Yaxshiboyev va boshqalar xalqaro tanlovlarda gʻalabalarga erishgan. Oʻzbekiston kompozitorlari skripka uchun konsertlar (Ik. Akbarov, S.Jalil va boshqalar), sonatalar (G. Mushel, N.Zokirov va boshqalar) kabi asarlar yaratishgan. XX asr boshidan oʻzbek (Andijon maktabi va boshqalar) sozandalari baʼzida skripkadan gʻijjak oʻrnida foydalanishadi.
1. Ochiq simlar (kamoncha va chimdish bilan)
2. Gamma Lya major (kamoncha va chimdish bilan) |
|
| Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. | |
Asosiy uslublar:
- Detaché — har bir nota kamonchaning alohida siljishi va uning yoʻnalishini oʻzgartirish bilan olinadi;
- Martelé — kamonchaning itarishi bilan olinadigan shtrix;
- Staccato — kamoncha bilan pastga va tepaga toʻxtab-toʻxtab yurgazish;
- Staccato volant — Stakkatoning yana bir koʻrinishi. Chalish davomida kamoncha sakrab, simlardan uzoqlashadi;
- Spiccato — sakrovchi shtrix, juda yengil staccato;
- Tremolo — bir tovushning koʻp marotaba tez-tez takrorlanishi;
- Legato — tovushlarning bir maromda, toʻxtashlarsiz ijro etilishi;
- Col legno — kamonchaning yogʻochi bilan simga urilishi. Bu tovushdan bastakorlar simfonik musiqada foydalanadilar.
| Vikiomborda „Violin“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Musiqa haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.

