Konsert

Konsert

Konsert (lotincha: „concerto“ — musobaqalashaman) — 1) oldindan eʼlon qilingan dastur asosida sanʼatkorlarning maxsus joy (zal, sahna)da chiqishi; musiqa, adabiy, estrada asarlarini ommaviy ijro etish. Konsert dastlab mumtoz (simfonik, kamer, yakkaxon vokal hamda yakkanavoz cholgʻu va boshqalar) musiqa asarlarini ijro etilishi hamda tinglanishi uchun tashkil etilgan jamoa tadbiri sifatida namoyon boʻlgan. Birinchi konsertlar 1672–1978-yillarda Londonda skripkachi J.Banister tomonidan uyushtirilgan. XIX asrda esa konsertlarni turli musiqa jamiyatlari, filarmoniyapar tomonidan tashkil etilishi rivoj topgan. Hozir konsert atamasi badiiy mazmuniga hamda namoyon boʻlish joyiga qarab — adabiy, raqs, kino, estrada konsertlari, radio—konserti va boshqamaʼnolarda talqin etiladi. Oʻzbekistonda konsertlarni "Oʻzbeknavo", "Oʻzbekraqs", "Oʻzbekteatr" davlat birlashmalari, Oʻzteleradiokompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi va boshqa uyushtiradi;

2) Yevropa mumtoz cholgʻu musiqasi janri, bir yoki bir necha yakkanavoz sozlar va orkestr uchun yozilgan musiqa asari. XVII asr oxiri — XVIII asr birinchi yarmida Yevropa sanʼatida vujudga kelgan (A.Vivaldining skripka va orkestr uchun konsertlari). Yakkanavoz cholgʻu bilan orkestr (yoki cholgʻu guruhlari) oʻrtasida ijodiy musobaqa, munozara konsertning oʻziga xos xususiyatidir. Vena klassik maktabi vakillari ijodida konsertning sonata -simfonik turkumidan iborat yuksak namunalari yuzaga kelgan. L. Betxoven konsertning simfoniyalashuvini boshlab berdi. F.List bir qismli konsert shaklini ijod qildi. Konsert janri, ayniqsa, XIX asr (N.Paganini, F.Shopen, R.Shuman, I.Brams, K.Sen-Sans, P.Chaykovskiy va boshqalar) va XX asrlar (B.Bartok, S.Prokofyev, M.Ravel, S.Raxmaninov, Ya.Sibelius, I.Stravinskiy, P.Xindemit, D.Shostakovich, A.Xachaturyan, Q.Qorayev, A.Shnitke va boshqalar) da keng rivoj topdi. Oʻzbekistonda konsertning ilk namunalari 1940-yillarda paydo boʻldi (G.Mushelning fortepiano konsertlari). Keyinchalik Ik.Akbarov, B.Giyenko, F.YanovYanovskiy, S.Jalil, R.Abdullayev, N.Gʻiyosov, A.Ergashev va boshqalarning ayrim sozlar, turli orkestrlar uchun yaratilgan konsertlari diqqatga sazovor. I.Hamroyev, M.Bafoyev, P.Xoliqov, A.Otajonov va boshqa oʻzbek xalq cholgʻulari uchun konsertlar yaratishgan[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.