Sonata
Sonata (italyancha: sonata, lotincha: sonare – „yangramoq“) – kamer-cholgʻu musiqasining asosiy janrlaridan. 3 qismli turkum asar, baʼzan 1, 4, 5 qismlilari ham uchraydi. 3 qismli mumtoz sonataning 1 va 3 qismlari tez, 2qismi vazmin surʼatlidir. 1-qismi (sonata allegrosi) 3 yirik boʻlimdan tashkil topadi: qaramaqarshi musiqiy mavzularni namoyon qilish (ekspozitsiya), ularni birbiriga taqqoslab rivojlantirish (2-boʻlim), soʻngra asosiy kuylarni oʻzaro yaqinlashtirib birlashtirish (repriza). „sonata“ atamasi XVI asrdan maʼlum boʻlib, avvalboshda kantatadan farqdi oʻlaroq har qanday cholgʻu pyesa ham sonata deyilgan. XVII asr boshlarida sonataning 2 koʻrinishi (cherkov sonatasi va kamer sonata) shakllandi. XVIII asr oʻrtalarida D. Skarlatti, F. E. Bax klavir sonatalar yozishgan, Y. Gaydn, V. Motsartlar sonataning mumtoz namunalarini yaratishdi. Sonata rivoji va yuqori choʻqqilarga chiqishida Lyudvig van Betxoven sonatalari muhim ahamiyatga ega boʻldi. L. Betxoven sonatani rang-barang mavzu va mazmun, murakkab shakl bilan boyitib, janr imkoniyatlarini kengaytirdi. F. Shopen, R. Shuman, F. List, I. Brams, E. Griglar sonata rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Romantizm davri va [[XX asr]] kompozitorlari ijodida ham sonata asarlari muhim oʻrin egalladi. Oʻzbekistonda ilk sonatalarni 1940—50 yillarda Ik. Akbarov, F. Nazarov, G. Mushel, A. Kozlovskiy kabi kompozitorlar yaratishgan. Keyinchalik, E. Solihov, N. Zokirov, A. Ergashev, D. Saydaminova, H. Rahimov, N. Gʻiyosov va boshqa kompozitorlar ijodida rivojlangan. Shuningdek, sonataning kichik hajmdagi turi – sonatina oʻzining soddaligi, ijro uslubining oddiyligi bilan ajralib turadi.[manba kerak]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.