Saf
Saf (arabcha — qator, sira) — harbiy boʻlinma va qismlarning birga harakat qilishi uchun muayyan tartibda joylashuvi. Quldorliktuzumining vujudga kelishi turli qoʻshin qismlarini maʼlum tartibga solish, saf tuzishni taqozo etgan. Yaqin Sharq, Yunoniston, Qadimiy Rim va Karfagenda qurol-yarogʻlarning va harbiy ishning takomillashuvi, jang aravalarining paydo boʻlishi jangovar safga alohida diqqat qilishga zamin yaratgan. Turkiy xalqlar tomonidan jahon harbiy sanʼati tarixida birinchi boʻlib otliq askarlar safining joriy qilinishi suvoriy qoʻshinining dushman kuchlari ustidan toʻla ustunligini taʼminlagan.
Zamonaviy saf — harbiy xizmatchilar, kichik boʻlinmalar va qismlarning nizomga koʻra, piyoda va mashinalarda birga harakat qilish uchun joylashuvi. Bunda qanotlar oʻrtasidagi masofa — safning eni, 1sherenga (oldinda turgan harbiy xizmatchi)dan soʻnggi sherenga (oxirida turgan harbiy xizmatchi) orasidagi, mashinalar bilan turganda esa, 1 chiziqda (oldinda) turgan mashinalar bilan soʻnggi (orqadagi) chiziqda turgan mashinalar oʻrtasidagi masofa — safning boʻyi deb ataladi. Boʻlinmalar 1 yoki 2 sherenga (mashinalar liniyasi)ga yoxud kolonnalar liniyasiga nizom yoki komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saqlagan holda tizilishi — yoyiq saf boʻlib, shuningdek, boshqa zarur hollarda qoʻllanadi. Boʻlinmalarning nizom yoxud komandir belgilab qoʻygan oraliq masofani saqlagan holda kolonnalarga tizilishi — yurish safi deb ataladi. U boʻlinmalarning marshni bajarishi, tantanali marsh va ashula bilan oʻtish kabi bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi, shuningdek, boshqa zarur hollarda qoʻllanadi. Safni boshqarish — komandirning ovoz, signal va shaxsiy namuna, shuningdek, texnik va harakat vositalari orqali beriladigan buyruqlari orqali amalga oshiriladi.
Kolonna boʻyicha buyruqlar kichik boʻlinmalar komandirlari (mashina boshliqlari) va tayinlangan kuzatuvchilar orqali uzatilishi mumkin.
Yurish safi — boʻlinma kolonnaga tizilgan yoki kolonnaga tizilgan boʻlinmalar ketma-ket, mazkur Nizomda belgilangan yoki komandir tomonidan tayinlangan distansiya qoldirgan holda joylashgan saf. Yurish safi boʻlinmalar marsh davomida harakatlanishi, tantanali yurishi, saf qoʻshigʻi bilan oʻtishi uchun va shu kabi, boshqa zaruriy hollarda qoʻllanadi.
Yonma-yon tizilgan saf — boʻlinmalar bir yoki ikki sherengali safga (mashinalar chizigʻiga) front boʻylab bir chiziqda tizilgan yoxud kolonnalar chizigʻiga, mazkur nizomda belgilangan yoki komandir tomonidan tayinlangan interval qoldirgan holda tizilgan saf hisoblanadi. Yonma-yon tizilgan saf yoʻqlama, sanoq, koʻrik, parad oʻtkazish uchun va shu kabi, boshqa zaruriy hollarda qoʻllanadi.
Yetakchi — tayinlangan yoʻnalishda bosh boʻlib borayotgan harbiy xizmatchi (boʻlinma, mashina). Qolgan harbiy xizmatchilar (boʻlinma yoki mashinalar) oʻz harakatini yetakchiga qarab moslashtiradi.
Oxirda boruvchi — kolonnaning oxirida borayotgan harbiy xizmatchi (boʻlinma, mashina).
Saf boshqarish amallari ogʻzaki, signal vositasida yoki komandir tomonidan shaxsan koʻrsatib beriladigan, shuningdek, texnik va harakatchan vositalar orqali uzatiladigan komanda va buyruqlar orqali bajariladi. Komanda va buyruqlar kolonna boʻyicha boʻlinma komandirlari (mashina kattalari) va tayinlangan kuzatuvchilar orqali uzatilishi mumkin.
Mashinada boshqarish amali ogʻzaki beriladigan yoki aloqa vositalari orqali uzatiladigan komanda va buyruqlar orqali bajariladi.
Safda katta komandir saf boshqarish uchun oʻziga qulay boʻlgan joyda boʻladi. Qolgan komandirlar komandalarni mazkur Nizomda belgilangan yoki katta komandir tayinlagan joyda qolib berishadi. Batalyon va brigadaning yurish safidagi vzvod va undan katta boʻlinma komandirlariga safdan chiqishga faqat komanda berib, uning ijrosini tekshirish uchungina ruxsat beriladi. Boʻlinma „Saflan“ komandasiga binoan saf tortadi. Ushbu komandadan oldin saf tortish tartibi koʻrsatib oʻtiladi, misol uchun: („Guruh, bir sherengaga Saflan“). Bunday komandaga binoan, boʻlinma harbiy xizmatchilari safdagi oʻz oʻmini belgilangan interval va distansiyaga amal qilgan holda egallab, qad rostlab turishi lozim. Hamidulla Dadaboyev, Xudoynazar Jumanazarov.[1]
Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.