Qaragʻandi
Qarag'andi Қарағанды | |
|---|---|
| shahar | |
|
| |
| 49°48′0″N 73°7′0″E / 49.80000°N 73.11667°E | |
| Mamlakat | Qozogʻiston |
| viloyat | Qarag'andi viloyati |
| Hukumat | |
| • Akim | Abdishev Baurjan Tuyteevich |
| Asos solingan | 1931 |
| Ilk eslatilishi | 1934 |
| Maydon | 550 km2 (210 kv mi) |
| Markazi balandligi | 553 m |
| Aholisi (2013) |
479 211[1] |
| Zichligi | 846 kishi/km2 |
| Milliy tarkib |
ruslar 50,57 % qozoqlar 36,25 % ukrainlar 4,80 % olmonlar 3,31 % tatarlar 3,05 % koreyslar 1,57 % beloruslar 1,16 % [2][3] |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 7212 |
| Pochta indeks(lar)i | 100000-100030 |
| Avtomobil kodi | M |
|
| |
Qaragʻandi (qozoqcha: Қарағанды) — Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻandi viloyatidagi shahar (1934-yildan), viloyat markazi. Temir yoʻl bekati. Aholisi 475 267 kishi (2012). Shahar Qaragʻanda koʻmir havzasining markazida shaxtyorlar shaharchasi sifatida vujudga kelgan. 1936-yildan Qaragʻandi viloyati markazi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — koʻmir qazib olish. Mashinasozlik zavodlari ishlab turibdi, konshaxta jihozlari va metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qurilish materiallari korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Qaragʻandi bir necha massivlardan iborat, bular: Eskishahar (XIX asrning 2-yarmi), Yangishahar, Moyquduq, Katta Mixaylovka, Fyodorovka va boshqalar). Hozirgi Qaragʻandining markazi — Yangishahar. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasining boʻlimi, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi bor.
Aholisi
Aholisi boʻyicha qaragʻandi viloyatida birinchi oʻrinni egallaydi — 475 267 kishi. (2012)[1] Qozogʻiston boʻyicha 4 oʻrinni egallaydi (Olmota, Ostona va Chimkentdan shaharlaridan keyin). Shahar aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):[2][3]
- ruslar — 214 969 kishi (50,57 %)
- qozoqlar — 171 038 kishi (36,25 %)
- ukrainlar — 22 631 kishi (4,80 %)
- olmonlar — 15 608 kishi (3,31 %)
- tatarlar — 14 395 kishi (3,05 %)
- koreyslar — 7 423 kishi (1,57 %)
- beloruslar — 5 484 kishi (1,16 %)
- polyaklar — 2 535 kishi (0,54 %)
- chechenlar — 2 127 kishi (0,45 %)
- ozarbayjonlar — 1 502 kishi (0,32 %)
- boshqurtlar — 1 404 kishi (0,30 %)
- mordvalar — 1 029 kishi (0,22 %)
- oʻzbeklar — 1 028 kishi (0,22 %)
- moldavanlar — 809 kishi (0,17 %)
- chuvashlar — 714 kishi (0,15 %)
- litvalar — 615 kishi (0,13 %)
- yunonlar — 531 kishi (0,11 %)
- boshqalar — 7 933 kishi (1,68 %)
- Umumiy — 471 784 kishi (100,00 %)
Demografiya
2006-yilgi hisobot boʻyicha aholining 1000 kishiga umumiy koeffisientlari:
- tugʻulish — 16,85
- oʻlim — 13,89
- tabiiy oʻsish — 2,96
Korxonalari
Shaharda 01.01.07 yilgi 10371 tadbirkorlik sub’ekti roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 92 katta, 397 oʻrta, 9882 kichik sub’ektlardir.
- Asosiy iqtisodi:
- energetika;
- oziq ovqat korxonasi.
Shaharning asosiy korxonalari: „Qaragʻandi-Jariq“ MChB, „Qaragʻandi Margarin zavodi“ AJ, „EFES Qaragʻandi pivo zavodi“ AJ HT, „Qaragʻandi konfeti“ AJ, Qaragʻandi metallokonstruktsiya zavodi „Imstal’kon“ AJ filiali, „Qaragʻandi Jilu“ MCHB. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turlari:
- Elektr energiyasi;
- issiqlik energiyasi;
- margarin mahsuloti;
- pivo;
- konfetlar.
Qishloq xoʻjaligi
Qaragʻandi hududida qishloq xoʻjaligi hosil olish uchun 10,3 ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydaniladi, shu jumladan 3,0 ming gektari — ekinzorlar. 2006-yilgi bugʻdoyga 2,9-ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydalandi, uning 0,1-ming getarini sholi oʻsimliklari, 1,3-minh gektarini kartochka, 0,5-ming gektarini koʻkatlar oladi. 2006-yili 0,1-ming tonna sholi oʻsimliklar, 23,5-ming tonna kartochka, 12,5-ming tonna koʻkatlar, 0,7-ming ttonna goʻsht (tiriklay hisobda), 3,5-ming tonna sut; 1991,0-ming ta tuxum olindi. 2007-yilgi 1-yanvarda Buqa va sigirlar soni 3,0-ming ta; qoʻy va echki — 1,1-ming ta; choʻchqa — 2,4-ming ta; yilqi — 0,1-ming ta; qush — 22,8-ming tani tashkil qildi.*
Ijtimoiy soha
Shaharda 2006/2007 oʻquv yili boʻyicha
- 103 kunduzgi umumiy bilim dargohi faoliyat yuritadi, unda 62917-oʻquvchi oʻqiydi,
- 18 kolledjda — 23427-oʻquvchi,
- 11 kasb-hunar oʻquv joyida — 4567 oʻquvchi,
- 12 oliy oʻquv yurtlarda — 56222 student oʻqiydi.
- 26 kutubxona,
- 9 klubga oʻxshash mahkama,
- 4 madaniyat va hordiq chiqarish parki,
• 3 teatr,
- 2 muzey,
- 1 kontsert zali,
- 1 xayvonotlar bogʻi ish yuritadi.
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 Численность населения РК по областям, городам и районам
- ↑ 2,0 2,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.