Petropavl

Petropavl

qozoqcha: Петропавл
shahar
Skyline of Petropavl
Petropavl
Gerb
54°51′44″N 69°08′27″E / 54.86222°N 69.14083°E / 54.86222; 69.14083
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Shimoliy Qozog'iston viloyati
Hukumat
 • Akim Zakaryanov Toʻlegen Qabiqenovich
Asos solingan 1752
Avvalgi nomlari Petropavlovsk
Qachondan beri shahar 1807
Maydon 4,516 km2 (1,744 kv mi)
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2012)
208 362[1]
Milliy tarkib ruslar 66,27 %
qozoqlar 21,42 %
tatarlar 3,75 %
olmonlar 1,59 %
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7152[2]
Pochta indeks(lar)i 150000[3]
Avtomobil kodi T, 15
Petropavl xaritada
Petropavl
Petropavl

Petropavl (qozoqcha: Петропавл) — Qozogʻistondagi shahar (1807-yildan). Shimoliy Qozogʻiston viloyatining maʼmuriy markazi. Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy qismida va Ishim daryosi oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 204,8 ming kishi (2011-yil 1-iyun).Shaharda Pedagogika instituti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Petropavlga 1752-yilda asos solingan.[4]

Aholisi

Shaharning aholisi 204,8 ming kishi (2011-yilgi 1-iyun). Shahar aholisining yarmidan koʻpisini ruslar tashkil etadi. Milliy tarkibi esa quyidagi jadvalda keltirilgan. (1-yanvar 2010-yilgi)[5][6]:

Iqtisodi

Petropavl maschidi

Hozirgi kunda Petropavl Qozogʻistondagi yirik ishlab chiqarish markazlarining biriga aylandi. Shaharda 174 korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek yirik korxonalarga „Evraziya“, „Vita“, „Molochniy soyuz“ AL-lari, non kombinati, liker-araq zavodi, „Sultan“, „Tonus“ v.b. kiradi. Shahar iqtisodining 10 % kichik biznes tashkil qiladi.

Sanoati

Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Kichik litrajli dvigatellar, mashinasozlik, turli mexanizmlar, izolyasiya materiallari zavodlari, goʻsht kombinati bor. Tikuvchilik buyumlari, poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Iqlimi

Shahar iqlimi keskin kontinental. Qishi qahraton sovuq va uzoq (5 oy davomida), yomgʻir kam yogʻadi, yozi issiq, yomgʻir kam yogʻadi.

Petropavl iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha harorat, °C −18,6 −14,9 −8,0 3,6 12,7 18,4 24,8 16,7 10,6 3,5 −8,0 −13,6 2,2
Manba: NASA. База данных RETScreen

Madaniyati

Teatrlar

  • S. Muqanov nomidagi Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qozoq sozli-daram teatri
  • Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qoʻgʻirchoq teatri
  • Shimoliy Qozogʻiston viloyati N. Pogodin nomli rus drama teatri

Muzeylar

  • Shimoliy Qozogʻiston viloyati tarixiy-davlat noma mezeyi
  • Viloayt tasviriy sanʼat muzeyi
  • „Abilay xonning rezidensiyasi“ muzey kompleksi

Kutubxonalar

  • Gʻ. Musirepov nomidagi viloyat bolalar-yoshoʻspirimlar kutubxonasi
  • I. Shuxov nomli shahar kutubxonasi
  • S. Muqanov nomli Shimoliy Qozogʻiston viloyati ilmiy kutubxonasi

Hamdoʻst shaharlar

Manbalar

Havolalar



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.