Litvalar

Litvalar (oʻzlarini lietuviai deb ataydilar) — xalq. Litva Respublikasining asosiy aholisi (2924 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Rossiya (70 ming kishi), Latviya (34,6 ming kishi), AQShda (300 ming kishi), shuningdek, Kanada, Polsha, Janubiy Amerika va Avstraliyada yashaydilar. Umumiy soni 3,45 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Litva tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — xristian-katoliklar. Litvalar etnogenezi, tili va madaniyati jihatdan latishlarga yaqin. Neman va Daugava daryolari ora-ligʻiga miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida kirib kelgan Boltiq boʻyi qabilalari mahalliy aholi bilan uygʻunlashib Litvalarning shakllanishiga asos boʻlgan. Ushbu qabilalardan litva elati tarkibiga toʻliq suratda Litvalar, yoxud aukshtaytlar, jyamaytlar, skalvlar va nadruvlar, shuningdek, sudavlarning bir qismi, kurshlar, zemgallar va sellarning jan. tarmogʻi, shim. prusslar (bartlar, notanglar, semblar)ning bir qismi kirgan. IX—XII asrlarda mulkchilik munosabatlari vujudga kelgan, asta-sekin litva elati shakllangan. Etnik uyushuv XIII asr 1-yarmida Litva davlatining barpo etilishiga imkon bergan. 13— XV asrlarda litva elati uzil-kesil shakllangan.

Litvalarning asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, shuningdek, polizchilik, bogʻdorchilik, dengiz boʻylarida — baliqchilik. Milliy hunarmandchilik (toʻqimachilik, oʻymakorlik, kulolchilik) rivojlangan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.