Issiq
Issiq – sak qabilalarining mozor-qoʻrgʻoni (mil. av. V—IV asrlar). Olmaotadan 50 km sharqda, Issiq daryosi boʻyida joylashgan podshoh mozorqoʻrgʻonlari (jami 45) dan biri. 70-yillarda Qo-zogiston arxeologiya ekspeditsiyasi (Akishev K. A.) tekshirgan. Bal. 6 m, diametri 60 m. Xodalardan ishlangan 2 qabr topilgan: biri talangan, 2 siga esa harbiy aslzoda – qabila boshligi koʻmilgan. Undan 30 dan ziyod sopol, yogʻoch, kumush, jez idishlar, 4 mingdan ortiq tilla bezaklar, kumush qoshiq, 26 munchoq topilgan. Kiyimlarga taqiladigan oltin plastinkalar va skiflarning „hayvon tasviri uslubi“da ishlangan oltin toʻqalar (kiyik, yoʻlbars, sher, qoplon, ot va togʻ echkilari yoki ularning boshi aks ettirilgan), oltin isirgʻa, uzuk, boʻyinga ta-qiladigan (3 qatorli oltin) halqa, jez koʻzgu, temir qilich va xanjar (oltin qadamalar bilan bezatilgan), burama xanjar ayniqsa mohirona ishlangan. Paykon tilladan yasalgan boʻlib, kamon tilla tasma bilan oʻralgan. Shuningdek, arhar, qushlarning haykalchalari ham topilgan. Buyumlarning yasalish usuli, badiiy obrazlar ularning mahalliy ustalar tomonidan yasalganligidan dalolat beradi. I.dan topilgan qad. yozuv (kichik kumush idishdagi yozuv – 26 belgi) Yettisuv saklari jamiyatining rivojlanish darajasi boʻyicha Yevrosiyoning oʻsha davrdagi boshqa jamiyatlar bilan bir qatorga qoʻyish imkonini beradi, chunki u Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston hududlaridagi eng qad. yozuv yodgorligi hisoblanadi. Turkiyshunoslar (A. Amanjolov, A. Mahmudov) ning fik-richa, u Urxun-Yenisey yozuv yodgorligi alifbosining bir koʻrinishi – qad. turkiy tilning Oltoy dialektida bitilgan.
/W.: Akishe v K. A., Kurgan Issik, M., 1978.[1]
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Havolalar
| Vikiiqtibosda Issiqga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.