Diametr

R — Radius, D — Diametr, O — Markaz, C — Aylana

Diametr — (yunoncha diametros — koʻndalang) aylana markazidan oʻtuvchi vatar. Shu vatar uzunligi (ikki radiusga teng).

Diametr (yunoncha. diametros — koʻndalang oʻlcham) — aylana va doiraning markazdan oʻtuvchi (yaʼni eng katta) vatari. Radiusning ikkilanganiga teng boʻlgan bu vatar uzunligi ham diametr deyiladi. Diametr tushunchasi boshqa figuralar uchun umumlashtiriladi. Masalan, r radiusli aylana yoki shar diametri 2r ga, ellips va ellipsoid diametri ularning katta oʻqiga, kvadrat va kubniki diagonaliga teng boʻladi. Analitik geometriyada konus kesimi (ikkinchi tartibli chiziq)ning diametri biror yoʻnalishga parallel vatarlar oʻrtasidan oʻtuvchi toʻgʻri chiziq boʻladi. Ellips va giperbolaning D.i ularning markazidan oʻtuvchi, parabolaning D.i esa uning oʻqi va oʻqiga parallel boruvchi toʻgʻri chiziqdan iborat[1].

Yana qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.