Gayka

Gayka:

1) mashina va mexanizmlarning qismlarini bir-biriga mahkamlashda ishlatiladigan detal; vint yoki boltga burab kiritiladi. Gaykaning ichi rezbali, sirti olti yoki toʻrt qirrali va dumaloq boʻladi. Tojsimon va quloqli gaykalar ham bor. Gaykaning oʻlchamlari, odatda, standartlardan olinadi, lekin balandligi 0,8 d dan kichik boʻlmasligi kerak (d — bolt yoki vintdagi rezbali qismning tashqi diametri). Gayka poʻlat, rangli metall va polimerlardan tayyorlanadi. Avval tokarlik stanoklarida dumaloq yoki qirrali material qirqib olinadi, soʻngra tegishli stanoklarda unga rezba ochiladi;

2) vintli mexanizmlarda vintning aylanma harakatini boshqa detal va uzellarning ilgarilama harakatiga aylantirib beradigan detal. Masalan, domkratda shunday Gayka bor.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.