Rezba

Rezba (rus. rezat — kesmoq soʻzidan) — har xil shaklli detallarning ichki yoki tashqi sirtiga oʻyilgan ariqcha va boʻrtmalar. Mashina detallari, mexanizmlar, asboblar, apparatlar, inshootlarning qismlari va detallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ariqcha va boʻrtmalarning shakliga qarab, uchburchak, toʻgʻri toʻrtburchak, trapetseidal, tirak, truba; oʻlchov tizimiga koʻra, metrik va dyuym; kirim soniga qarab, 1,2 va koʻp kirimli; detalning oʻiilgan sirtiga va yoʻnalishiga qarab, tashqi (vint, bolt va boshqalar) va ichki (gayka) xillarga, oʻramning yoʻnalishiga (chapdan oʻngga yoki oʻngdan chapga) qarab, oʻnaqay va chapaqay xillarga boʻlinadi. Rezbaning ikki qoʻshni boʻrtmasi yoki ariqchasi orasidagi masofa (S) Rezba qadami deyiladi. U oʻzgarmas (ravon) va kattalashib boradigan boʻlishi mumkin. Rezbani qoʻlda (plashka, metchik bilan), metall kesish stanoklarida (maxsus moslama — kesish kallagi oʻrnatib), oʻyish va kesish stanoklarida ochish mumkin. Rezba oʻyish stanogi bosym taʼsirida tashqi Rezba oʻyish uchun ishlatiladi. Yassi va dumaloq qurolli xillari bor. Bunda zagotovka sirtidan qirindi olinmaydi. Rezba metall kesish stanogida tashqi hamda ichki Rezba kesish mumkin. Bunda plashka yoki keskichlar yordamida zagotovka sirtidan kirindi olinadi. Rezba qirqish keskichlari oʻrnatilgan kallaklar bilan Rezba ochishning uyurma usuli keng tarqalgan. Bu usulda kallaklar detalga nisbatan ekssentrik tarzda joylashtiriladi. Detal kallakning bir aylanishiga mos ravishda Rezba kadamiga teng oʻq boʻyicha suriladi.

Rezba elementlari (tashqi, ichki va oʻrta diametri, qadami va boshqalar) Rezba oʻlchash asboblari va qurollari yordamida tekshiriladi. Bular: kalibrlar, mikrometr, rezbomer, Rezba andazalari, sinus lineykalar, mikroskop, optimetr, proyektor va boshqa[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.