Standart

Standart (ing. standard — meʼyor, namuna, oʻlcham) — keng maʼnoda — boshqa obyektlarni taqqoslash uchun dastlabki obyekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model; standartlanadigan obyektga qoʻyiladigan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar, qoidalar, talablarni belgilovchi meʼyoriy-texnik hujjat. S. inson faoliyatining barcha sohalari: fan, texnika, sanoat, qishloq xoʻjaligi., ishlab chiqarish, qurilish, transport va boshqa ga taalluqli. Qoʻllanish sohasiga qarab, davlat standarti (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi), tarmoq standartlari (tarmoqlar vazirliklari tasdiqlaydi), korxona va birlashmalar standartlari (korxonalar va birlashmalar boshqaruvi tasdiqlaydi) kabi turlarga boʻlinadi. Xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari boʻyicha respublika, viloyatlar va boshqa ga qarashli korxona, tashkilot va muassasalar uchun S.larni qoʻllash majburiy. Vazifasiga qarab, S. quyidagi turlarga boʻlinadi: umumtexnik va tashkiliymetodik qoida hamda meʼyorlar; mahsulotga qoʻyiladigan umumiy talablar, koʻrsatkichlar, sifat meʼyorlari, ekspluatatsion xossasi va texnik tafsiloti, tarmoklararo ishlatiladigan bir jinsli mahsulotlar guruxini nazorat qilish usuli; fizik kattalik birliklari va boshqa Bularni qoʻllash natijasida mahsulotlarning sifati oshadi, detallarni birxillashtirish va oʻzaro almashuvchanlik darajasini oshirishga imkon tugʻiladi, i. ch. jarayonlarini avtomatlashtirish osonlashadi, mahsulotlardan foydalanish va ularni taʼmirlash samaradorligi oshadi, mahsulot qaysi korxonada ishlab chiqarilganligidan qatʼiy nazar istalgan joyda ishlataveriladi va boshqa Oʻzbekistonda S.lar Oʻzbekiston Respublikasi "Uzstandart" agentligi (Respublika metrologiya xizmatlari koʻrsatish agentligi) tomonidan belgilanadi.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.