Fuqaro erkinliklari markazi (ukraincha: Центр Громадянських Свобод) – ukrainalik huquqshunos Oleksandra Matviychuk boshchiligidagi Ukraina inson huquqlari tashkiloti[2]. 2007-yilda[3]. Ukraina hukumatiga mamlakatni yanada demokratlashtirish uchun bosim oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan[4]. Tashkilot Aleksandr Byalyatskiy va Rossiyaning „Memorial“ tashkiloti bilan birgalikda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[5][6].
Tarixi
Markaz 2007-yil 30-mayda UkrainaningKiyev shahrida tashkil etilgan[3]. Ukrainani yanada demokratlashtirilishi va huquqni muhofaza qilish organlari, sud tizimi ustidan jamoatchilik nazoratini yaxshilash maqsadida qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish bilan shugʻullanadi[4]. Tashkilotning asosiy yoʻnalishlaridan biri – Ukraina Jinoyat kodeksini yangilash[4].
2013-2014-yillardagi Yevromaydon noroziliklari paytida guruh oʻsha paytdagi prezident Viktor Yanukovich xavfsizlik kuchlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni kuzatish va namoyishchilarni huquqiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida „Yevromaydan SOS“ loyihasini boshlagan.
2022-yil 8-oktyabrda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Fuqaro erkinliklari markazi rahbari Oleksandra Matviychuk Ukraina prezidentiVladimir Zelenskiy ham, boshqa hukumat amaldorlari ham Fuqaro erkinliklari markazini Nobel mukofotini qoʻlga kiritgani bilan tabriklamaganini tan oldi[9].