Afisha

Afisha (fransuzcha: affiche, afficher — eʼlon, qoʻyish, koʻrsatish) — reklamaning bir turi. Spektakl, konsert va boshqa adabiy tadbirlar, tomoshalar toʻgʻrisida xabar beruvchi maxsus eʼlon[1][2].

Afisha tomoshaxonalar oldiga, koʻchalar, maydonlardagi maxsus taxtalarga yopishtirib qoʻyiladi. Miloddan avval bunday eʼlonlar devorga, taxtaga, toʻrtburchak ustunlarga yozilgan. Oʻrta asrlarda bu vazifani jarchilar bajargan. XVI asrdan afisha qogʻozlarda bosila boshladi. XIX asrda afisha ishlab chiqarish juda taraqqiy etdi. Bu soha bilan rassomlar shugʻullangani sababli afisha tasviriy sanʼatning bir turiga aylandi. 1914-yilning 15-yanvar sanasida Samarqandda, oʻsha yilning 27-fevralida Toshkentda (Hamza teatrida) "Padarkush" (Behbudiy) spektakli qoʻyilishi munosabati bilan oʻzbek tilida ilk afishalar tarqatilgan. Hozirgi kunda suratli afishalar keng tarqalmoqda[3].

Manbalar

  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3. „Afisha“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.

Havolalar




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.