Taxta
Taxta — turli yogʻoch gʻoʻlalarni boʻylamasiga tilish yoʻli bilan tayyorlanadigan mahsulot. Binokorlik, mebelsozlik va idishlar (yashik) tayyorlashda ishlatiladi. Ignabargli daraxtlar (tiloyuch, Qayragʻoch, terak, tol, yongʻoq, tut, chinor va boshqalar) gʻoʻlalari taxta uchun xom ashyo sanaladi. Taxtalar shakliga koʻra, ikki qirrasi tekis tilingan, ikki qirrasi chala arralangan yoki umuman arralanmagan, gʻoʻlaning yonlaridan chiqadigan peshtaxta (gorbil) kabi xillarga boʻlinadi. Qalinligi 8mm dan 100mm gacha, uzunligi esa 9 m gacha boʻlishi mumkin. Qurilishda 30, 40, 50mm qalinlikdagi taxtalar koʻp ishlatiladi. Taxtalar toʻgʻri chiziqliligi, koʻzlarining bor yoki yoʻqligi va boshqa sifatlariga koʻra 6 xilga boʻlinadi.
Shpal
Transport yoʻlida ishlatiladigan yogʻoch gʻoʻlalar shpal deb ataladi. Shpallarning qalinligi 13—17 sm, uzunligi esa 2,5—2,7 m ni tashkil etadi. Shpalning toʻrt tomoni tilingan boʻlsa – qirqilgan, ikki tomoni (pasti va usti) arralanib, qolgan ikki tomoni shunday qoldirilsa – yonbosh shpallar deb ataladi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.