Yinks

Yinks yoki Iinga (qadimgi yunoncha: Ἴυγξ, soʻzma-soʻz tarjima qilganda „boʻyni aylanuvchi'“) — qadimgi yunon mifologiyasi qahramoni. Afsonaning turli xil variantlarida Pan va Exo yoki Peytoning qizi[1].

U Zevs uchun ichimlik tayyorlagan, shundan soʻng Zevs Ioga boʻlgan ehtiros oʻtida yona boshlagan. Geraqasos olish maqsadida Yinksni kichkina qushga aylantirib qoʻygan (qadimgi yunoncha: Ἴυγξ) va sirli marosimlarda doimiy ravishda ishtirok etishga mahkum qilgan[1][2].

Antik davrda ushbu qushdan sehr-jodu marosimlarida foydalanilgan. Uni aylanayotgan gʻildirakka bogʻlab qoʻyishgan. Gʻildirakning aylanishi ham, qush boʻynining burilishi ham yoʻqotilgan muhabbatni qaytarishi kerak boʻlgan. Boshqa turdagi aylanadigan sehrli buyumlar va sevgi uygʻotadigan damlamalarga ham mana shunday nom berilgan[3]. Qushchadan sehr-jodu maqsadlarida foydalanish Feokrit[3] tomonidan tasvirlab berilgan. Pindar qasidalarida Afrodita Yasonga Medeyani oʻziga rom qilib olishi uchun gʻildirakka boylangan qushcha bergan[4][2][1].

Yinks ramzi boʻlgan qush bugungi kunga qadar saqlanib qolgan bir nechta qadimiy guldonlar yuzasida tasvirlangan. Odatda uni ayol kishi qoʻlida ushlab turadi, bu uning yoʻqotilgan sevgisini qaytarish istagini ifodalaydi[1].

Antonin Liberal tomonidan hikoya qilingan boshqa bir afsonaga koʻra, Yinks Pierning toʻqqizta qizidan biri boʻlgan. Qizlar xor jamoasini tuzib, muzalar bilan bellashishga qaror qilishadi. Magʻlubiyatga uchragan qizlar ilohlarga qarshi chiqishga jur’at etganlari uchun muzalar tomonidan qushlarga aylantiriladi. Yinks ham qushga aylanib qoladi[5][2].

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Weizsäcker & 1890—1894.
  2. 2,0 2,1 2,2 Smith 1873.
  3. 3,0 3,1 Феокрит 1958.
  4. Пиндар 1980.
  5. Антонин Либерал 1997.

Adabiyotlar

  • Antonin Liberal. Metamorfozi // Vestnik drevney istorii / Perevod s drevnegrecheskogo, vstupitelnaya statya i kommentarii V.N. Yarxo. — 1997. — № 3—4.
  • Pindar. Pifiyskie pesni // Odi; Fragmenti / Pindar; Vakxilid; izd. podg. M. L. Gasparov.. — M. : Nauka, 1980. — 503 s. — (Literaturnie pamyatniki). — 50 000 ekz.
  • Феокрит, Мосх, Бион. Идиллии и эпиграммы, 15000 экз, Литературные памятники, Издательство АН СССР, 1958. 

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.