Medeya

Medeya — Kolxida malikasi. M. ismi argonavtlar haqidagi yunon mifologiyasi bilan uzviy bogʻliqsir. M. afsungarlikni onasidan oʻrgangan. Yason boshchiligidagi argonavtlar oltin terini olib ketish uchun Kolxidaga kelishganda Gera va Afrodita M. qalbida Yasonga nisbatan muhabbat olovini yoqqanlar. M.ning moʻʼjizakor surtma malhami Yasonni qudratli va oʻtda yonmas qiladi, u olov purkayotgan buqalarni oʻziga boʻysundiradi, ular bilan katta dalani haydaydi; M. afsun qilib oltin terini qoʻriqlayotgan ilonni uxlatib qoʻyadi va Yason oltin terini qoʻlga kiritadi. Kelishuvga koʻra, M.ning xizmatlari evaziga Yason unga uylanishi va oʻzi bilan Yunonistonga olib ketishi lozim edi. Ancha mashaqqatlarni yengib ular Yunonistonga yetib olganlar. M. Yason bilan 10 yil turmush kechirgach, Yason unga xiyonat qilgan. Bundan gʻazablangan M. uning yosh qalligʻini va otasini oʻldirgan. Bunda u kelinga qilingan sovgʻa — zaharlangan koʻylak va tojdan foydalangan. Shu zahoti M. Yasondan boʻlgan oʻzining ikki farzandini ham oʻldirgan, oʻzi esa ajdarho qoʻshilgan aravada Afinaga, Egey huzuriga qochgan. Mifning bir variantiga koʻra, M. Kreont vafot etgach, Korinf pod-shosi boʻlgan; krrinflik ayollar yovvoyi va afsungar M.ning hukmronligidan xalos boʻlish uchun uning 14 bolasini Akrandagi M. panoh topgan Gera mehrobi yonida oʻldirganlar. Afinada.M. Egeyga oʻgʻil farzand — Medni tugʻib beradi. Biroq shohning oʻgʻli Tezeyni zaharlashga harakat qilgani uchun u yerdan ham haydalgan. M. umrining oxirgi damlarini oʻgʻli bilan Kolxidada oʻtkazgan. Bu yerda u otasini qayta taxtga oʻtqazgan, uning dushmani — amakisi Persesni esa oʻldirgan; boshqa bir rivoyatga koʻra, Kolxida podshoxligini u oʻgʻli Medga bergan, uning nomidan ular bosib olgan mamlakat Mediya (Midiya) deb atalgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.