Xebey

Xebey – Xitoyning shimoliy qismidagi provinsiya, sharqdan Sariq dengizning Lyaodun va Boxayvan qoʻltiqlari oʻrab turadi. Maydoni 202,7 ming km². Aholisi 65,7 mln. kishi (1999). Hududining katta qismi Buyuk Xitoy tekisligida, gʻarb, shimoliy va shimoli-gʻarbida togʻlar bor. Daryolari zich. Maʼmuriy markazi – Shitszyachjuan shahri.

Xebey – Xitoyning eng rivojlangan provinsiyalaridan biri. Koʻmir, metallurgiya, mashinasozlik, toʻqimachilik, farforchinni sanoatlari mamlakat ahamiyatiga ega tarmoqdar. Mamlakatda qazib olinadigan koʻmirning katta qismi Xebeyga toʻgʻri keladi, shuningdek, temir rudalari hamda neft konlari topilgan. Koʻp tarmoqli mashinasozlik, xususan, energetika, konchilik, transport, metallurgiya, neft sanoati uchun jihozlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari i.ch. rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Xandan va Shitszyachjuanda yirik toʻqimachilik ktlari, Tanshanda keramika kti ishlab turibdi. Provinsiyaning markaziy va sharqiy qismlari provinsiya tarkibida boʻlmagan Pekin va Tyantszin markazga boʻysunuvchi shaharlar bilan mamlakatning yagona sanoat rnini tashkil qiladi. Xebey – mamlakatning muhim dehqonchilik rayoni. Asosiy ekinlari: gʻalla va paxta, shuningdek, moyli va boshqa texnika ekinlari ekiladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, shaharlar aholisini oziq-ovqat xom ashyosi bilan taʼminlashga qaratilgan. Bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, tariq, sholi ekinlari katta hududlarni egallaydi. Shuningdek, soya, yer yongʻoq, kunjut, kanop ham ekiladi. Tamakichilik, sabzavot va bogʻdorchilik bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachilikda qoramol, eshak, qoʻy va choʻchqa boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Qirgʻoqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi. Buyuk kanal orqali kema qatnaydi.

Xebey hududida qadimgi odam – sinantroplar qoldiqlari topilgan. Qadimda Xebey hududi „Yan va Yu yeri“ deb nomlangan. XVII asr oʻrtalarigacha turli podshohlik va davlatlar tarkibida boʻlgan, oʻsha vaqtdan Chjili provinsiyasi tarkib topgan. 1928-yildan Xebey nomi bilan ataladi.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.