Kanop

kanop

Kanop (Hibiscus cannabinus) — gʻoʻzadoshlar oilasiga mansub lub tolali bir yillik oʻsimlik, tolasi uchun ekiladigan ekin. K. yovvoyi holda Janubiy Afrikada va Markaziy Hindistonda uchraydi. Vatani — Hindiston. Eron, Xitoy, Yava va Sumatra orollarida, Afrika, Amerika (AQSH, Braziliya, Kuba), Rossiyaning janubda ekiladi. Oʻzbekistonda XX asrning 30-y.laridan boshlab ekiladi (1925-yilda Sirdaryo viloyatida tadqiqot maqsadlarida 275 ga maydonga ekilgan, hosildorlik 3 s/ga ni tashkil qilgan). K.ning oʻq ildizi tuproqqa 1,5–2 m chuqurlikka kirib boradi. Sugʻoriladigan yerlarda ildizning asosiy qismi 30—50 sm chuqurlikda taraladi. Poyasi tik oʻsadi, rangi yashil, tukli. Boʻyi 1,5—3,5 m gacha, uchki tomoni shoxlanadi. Barglari yirik, barg bandlari uzun. Gullari yirik, och sariq (deyarli oq) qisqa bandli (5–7 mm), barg qoʻltigʻida joylashadi. Mevasi 5 uyali tuxumsimon koʻsakcha, uz. 2,5 sm, eni 1—2 sm, har bir uyada 2—3 ta urugʻi bor. Urugʻi 3 qirrali, toʻq kulrang. 1000 tasining vazni 18—24 g, uz. 3–5 mm, eni 2,5–4 mm. K. namga, haroratga va yorugʻlikka talabchan. Oʻsish davri 124—145 kun. K. urugʻi tarkibida 18—20% texnika moyi bor. Moyi lok-boʻyoq sanoatida, sovun tayyorlashda ishlatiladi. Kuruq poyasidan 16—20% toʻqishga yaroqli tola olinadi (qarang Kanop tolasi).

K. almashlab ekishda kuzgi bugʻdoy, dukkakli don, bedadan keyin ekiladi. Ekishdan avval yer kuzda 28—30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. 50x10—12 sm sxemada, urugʻ olish uchun qator orasi 60 sm qilib yakka qatorlab ekiladi. Poya olish uchun 30—35 ga kg/ga urugʻ sarflanadi (yaganalangandan soʻng koʻchat qalinligi 160—180 ming tup/ga). Urugʻ olish uchun 10–12 kg/ga urugʻlik sarflanadi. Urugʻ 4—6 sm chuqurlikka koʻmiladi. Ekinni parvarish qilish, qatqaloqqa qarshi kurash, qator oralarini ishlash, oziqlantirish va sugʻorishdan iborat. Vegetatsiya davrida 4—5 marta kultivatsiya qilinadi, 2 marta oziqlantiriladi. K. suvga talabchan. Yer osti suvlari 1,0— 1,5 pastda joylashgan oʻtloqi-botqoqi tuproqlarda 5—7 marta, yer osti suvlari chuqur joylashgan tuproklarda 8— 10 marta sugʻoriladi1. Sugʻorish normasi 800-1000 m3/ga.

K. oʻrtacha 1 ga yerdan 100—120 s koʻk poya va 4—5 s urugʻ beradi. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan yerlarida yuqori agrotexnikani qoʻllab 150—180 s/ga koʻk poya va 8—9 s urugʻ olish mumkin.

Navlari: Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston-3876", "Oʻzbekiston-2142", "Kuban-338" navlari ekiladi.

Zararkunandalari: tunlamlar, lavlagi qandalasi, bitlar, tripslar vab. Kasalliklari: poyaning kulrang chirishi, alternariozlar.

Hapima Otaboyeva.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.