Vaksinalar

Vaksinalar (lotincha vaccina — sigirga oid), emlashda ishlatiladigan moddalar — infeksion kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida qoʻllaniladigan preparatlar. Mikroorganizmlar, shuningdek ularning zararsizlantirilgan toksinlaridan tayyorlanadi, organizmga yuborilganda tegishli yuqumli kasalliklarga nisbatan sunʼiy orttirilgan faol immunitet vujudga keladi. Tirik, oʻldirilgan, kimyoviy vaksina va anatoksinlar farq qilinadi. Tirik vaksina (chechak, poliomiyelit, qizamiq, gripp, o'lat, tulyaremiya, silga qarshi vaksinalar) kasallik qoʻzgʻatish xususiyatini yoʻqotgan, biroq immunogen xossalarga ega boʻlgan, qoʻzgʻatuvchiga qarshi himoya antitelolar(antitanacha) hosil qiladigan maxsus kuchsizlantirilgan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Bunda mikroorganizmlar sunʼiy ozuqa muhitida yoki hayvon organizmida uzoq undiriladi. Tirik vaksina qoʻllanilganda immunitet barqaror boʻlib, uzoq saqlanadi.

Oʻldirilgan vaksina bakteriyalar va viruslarga yuqori temperatura, ultrabinafsha nurlar, ultratovush, formalin, spirt yoki boshqa moddalar taʼsir ettirib tayyorlanadi (ich terlama, koʻkyoʻtal va boshqa kasalliklarga qarshi vaksina). Kimyoviy vaksina (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, vabo, difteriya, qoqshol va boshqa kasalliklarga qarshi vaksina), mikroorganizmlar yoki ularning mahsulotlaridan maxsus ajratib olingan faol komponentlardir.

Anatoksinlar bakterial ekzotoksinlardan ularning zaharli xossalarini formalinda zararsizlantirish yoʻli bilan olinadi. Tibbiyot amaliyotida bitta (monovaksina), ikkita (divaksina) yoki undan koʻp (polivaksina) mikroorganizm komponentlaridan iborat vaksinadan foydalaniladi. Mikroblarning bir necha tipidan tayyorlanib bitta yuqumli kasallikka qarshi qoʻllaniladigan vaksina polivalent vaksina deyiladi. Vaksina turli yoʻllar bilan yuboriladi: muskul orasiga (qizamiq), teri ostiga (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, dizenteriya, vabo, oʻlat va boshqalar), teri yuzasiga (chechak, sil, tulyaremiya, kuydirgi), burunga (gripp) yoki ogʻiz orqali (poliomiyelit). Ayrim yuqumli kasalliklar (chechak, sil, difteriya va boshqalar)ning oldini olish uchun vaksina reja asosida, boshqa hollarda esa epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha yuboriladi. Vaksinani keng qoʻllash tufayli bakterial va virusli infeksiyalarning oldini olishga muvaffaq boʻlindi. Veterinariya amaliyotida virusli (qutirish, Auyeski kasalligi, parranda chechagi, oʻrdaklar virusli gepatiti va boshqa) hamda bakteriyali (kuydirgi, brutsellyoz, leptospiroz, brauzet va boshqa) kasalliklarning oldini olish va davolashda tirik, oʻldirilgan vaksinalardan keng foydalaniladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.