Toksinlar

Toksinlar — mikroorganizmlarning hayot faoliyatida hosil boʻladigan zaharli moddalar. Hayvonlar va odam organizmiga tushganda ularni kasallantirish yoki halok qilish xususiyatiga ega. Bakteriyalar paydo qiladigan T. ancha toʻla oʻrganilgan. Bakterial T. ekzotoksinlar (bakteriyalar toksinni tashqi muhitga ajratib chiqaradi) va endotoksinlarga (ular bakteriyaning struktura komponenti boʻlib, bakteriya hujayralari yemirilganidan keyin atrofmuhitga tarqaladi) boʻlinadi. Ekzotoksinlar va endotoksinlar oʻz xususiyatlariga koʻra bir-biridan farq qiladi. Ekzotoksinlar juda zaharli. Tozalangan T. bir necha yuz marta faol boʻladi. Ekzotoksinlarning organizmga taʼsiri maʼlum yashirin davrdan soʻng yuzaga chiqadi. Endotoksinlar ancha tez taʼsir qiladi, lekin ularning zaharliligi ekzotoksinlarnikicha emas. Koʻpchilik ekzotoksinlar 60—80° da 10—20 min.da parchalanadi. Endotoksinlar issiqqa juda chidamli — ancha yuqori trada yoki uzoq vaqt qaynatilganda parchalanadi. T. muzlatilganda va muzdan tushirilganda kuchi qirqilmaydi. Ular quritilgan holatda ham yaxshi saqlanadi. Formalin va issiq taʼsirida ekzotoksinlarning zaharlilik xususiyati yoʻqoladi, biroq bunda immunitetning kuchaytirish xususiyati saqlanib qoladi. Bir qancha infeksion kasalliklarning oldini olish va davolashda qoʻllanadigan anatoksinlarni olish shunga asoslangan.

Ekzotoksinlar organizmga kiritilganda kuchli oʻziga xos xossaga ega boʻlgan antitelolar (qarang Immunitet) paydo qilish xususiyatiga ega. Ana shu xususiyat davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardobni olish va qoʻllash imkonini beradi.

Hayvonlar va oʻsimliklardan olinadigan bir qancha mahsulotlarning biologik xususiyatlari bakterial T.ga juda yaqin, mas., oʻsimlik zaharlari, ilon, chayon, qoraqurt zahari va boshqa





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.