Ulugʻnor (Tuman)

Ulugʻnor tumani
Улугнорский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Oqoltin
Asos solingan sanasi 27-dekabr 1973-yil
Hokim Axmadjonov Muxammadislomiddin Muxammadsobirovich [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2022) 61831
Dinlar tarkibi Musulmonlar
Maydoni 356,7 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Ulugʻnor tumani xaritada
40°43′59.9″N 72°46′0.1″E / 40.733306°N 72.766694°E / 40.733306; 72.766694

Ulugʻnor – Andijon viloyatida joylashgan tumanlardan biri. 1973-yil 26-dekabrda tashkil etilgan[2]. Shimolda Baliqchi, janubi-sharqda Boʻz, gʻarb va shimoli-gʻarbda Namangan viloyatining Mingbuloq, janubda Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanlari bilan chegaradosh hisoblanadi. Tuman markazi – Oqoltin MFY.

Maʼmuriy boʻlinishi

Tuman maydoni – 356,7 kv.km. Ulugʻnor tumanida 1 ta shaharcha va 24 ta mahalla fuqarolar yigʻini bor.

Tabiati

Tuman xududi tekislikdan iborat, koʻchma qum tepalari mavjud va iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4°, iyulda 24—28°. Yiliga oʻrtacha yogʻin miqdori 195—200 mm. hisoblanadi. Vegetatsiya davri 235 kun boʻlib, tuman xoʻjaliklari Katta Andijon kanalidan suv oladi. Tuprogʻi oʻtloqi boʻz, kuchsiz shoʻrlangan tuproq. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdevona, yantoq, ajriq, yulgʻun, oqbosh, otquloq, qirqboʻgʻim, gʻumay, qoʻypechak va yalpiz oʻsimliklari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan echkemar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakesak va qushlardan laylak, oʻrdak, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay, qargʻa, musicha yashaydi.

Xoʻjaligi

Ulugʻnor tumanida qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, chorvachilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik va baliqchilik) yetakchi oʻrinda. Eng muhim tarmogʻi – paxtachilik. Tumanda 900 ga yaqin yirik, oʻrta va kichik korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatadi. Shulardan avtokorxona, MTP, paxta tozalash korxonasi, Buyuk Britaniyaning «Kordese LTD» firmasi bilan xamkorlikdagi «Ulkard» qoʻshma korxonasi (tikuvchilik va toʻqimachilikka ixtisoslashgan), sport anjomlari ishlab chiqarish firmasi, "Universal" bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Tuman hududidan Margʻilon—Soyboʻyi — Ulugʻnor—Mingbuloq, Shtab—Ulugʻnor magistral yoʻllari oʻtgan. Tuman markazi avtomobil yoʻllari orqali Namangan, Margʻilon, Fargʻona, Andijon va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan[3].

Qishloq xoʻjaligida ekinzorlar maydoni 20,4 ming gektar, shu jumladan, 13,5 ming gektar yerga paxta, 6 ming gektar yerga gʻalla ekiladi. Shuningdek sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yemxashak ekinlari ham ekiladi. 204 ga bogʻ, 274 ta tutzor, 1042 ga yaylovlar bilan band. 606 ga yerda oʻrmonzor mavjud. Tumanda 8 shirkat, 80 dehqon, 416 fermer xoʻjaligi bor.

Ulugʻnor tumani jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 1,6 ming qoramol (shu jumladan, 626 sigir), 2,1 ming qoʻy va echki, 5 ming parranda, 37 yilqi boqiladi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Margʻilon (tuman markazidan 35 km).

Geografiyasi

Tuman hududi tekislikdan iborat. Koʻchma qum tepalari koʻp. Iqlimi – keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati – minus 4 daraja, iyulniki – 24-28 daraja. Yiliga oʻrtacha 195-200 mm. yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri – 235 kun. Tuman xoʻjaliklari Katta Andijon kanalidan suv oladi. Tuprogʻi oʻtloqi boʻz, kuchsiz shoʻrlangan tuproq.

Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdеvona, yantoq, ajriq, yulgʻun, oqbosh, otquloq, qirqboʻgʻin, gʻumay, qoʻypеchak, yalpiz oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan echkiеmar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakеsak, qushlardan laylak, oʻrdak, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay, qargʻa, musicha yashaydi.

Aholisi

Aholisi – 61,8 ming kishi. Aholisi asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kv. km.ga 133 kishi toʻgʻri keladi[4][5].

Manbalar

  1. „УЛУҒНОР ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ“. 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  2. „arxiv nusxasi“. 2024-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  3. ''Ulug'nor tumani''[1]
  4. http://www.andijan.uz/UZB/Xokimliklar/ulugnor.shtml – (Wayback Machine saytida 29-sentabr 2015-yil sanasida arxivlangan) Andijon viloyati hokimligi sayti
  5. https://ulugnar.uz/[sayt ishlamaydi]

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.