Sharof Rashidov tumani
| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Jizzax viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Uchtepa (shahri) |
| Asos solingan sanasi | 1926-yil 29-sentyabr |
| Rahbari | Asilbek Ashurov Rahmonovich |
| Aholi (1926) | 247,300 |
| Maydoni | 1259.4 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +998 72 |
| Pochta indeksi | 131100 |
| Rasmiy sayti | https://gov.uz/uz/shrashidov/pages/about |
| Xaritada | |
|
| |
| 40°5′0″N 67°50′0″E / 40.08333°N 67.83333°E | |
Sharof Rashidov tumani
(sobiq Jizzax tumani) Jizzax viloyatidagi asosiy ma’muriy-hududiy birliklardan biri bo‘lib, 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Maydoni 1,259.4 𝑘𝑚2, aholisi 2025-yil holatiga ko‘ra 247,3 ming kishini tashkil etadi. Tuman markazi — Uchtepa shahri. Hokimi: 2025 yil 22 avgustdan buyon [1]Asilbek Ashurov Rahmonovich. Tumanda 48 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud.Geografik joylashuvi va xo‘jaligi: Joylashuvi: Viloyatning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, Forish, Zafarobod, Paxtakor, G‘allaorol, Zarbdor, Zomin va Baxmal tumanlari bilan chegaradosh. Iqtisodiy ixtisoslashuv: Tuman asosan paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan. Sanoat: „Jizzax don mahsulotlari“ aksiyadorlik jamiyati, Uchtepa non kombinati va mahsulotlarni qadoqlash korxonalari faoliyat yuritadi. Infratuzilma: Tumanda 52 ta umumta’lim maktabi, musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, qishloq shifoxonalari va stadionlar mavjud. Tumanning nomi 2016-yil dekabr oyida atoqli davlat arbobi Sharof Rashidov sharafiga qayta nomlangan. Tuman iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligi viloyatda muhim o‘rin tutadi.
Tabiati
Sharof Rashidov tumani relyefi past-tekislik, qir va togʻlardan iborat. Gʻarbida Qoʻytosh va janubida Molguzar togʻ tizmalari joylashgan. Foydali qazilmalardan volfram, ohaktosh va b. bor. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28—30°, yanvarniki —2 dan —4° gacha, Yiliga oʻrtacha 425 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 210—215 kun. Asosan boʻz, och boʻz tuproqlar tarqalgan. Tuman Sangzor daryosi va Tuyatortar kanali orqali Zarafshondan sugʻoriladi. Sharof Rashidov tumanidan Ravotsoy va bir necha kichik soylar oqib oʻtadi. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qiyoq qamish, yulgʻun, gʻumay, ituzum va b. oʻsadi. Bahorda qirlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri, quyon, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, qushlardan kaptar, qargʻa, mayna, chugʻurchiq, kalxat yashaydi.
Aholisi asosan oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, eroniy, tojik, loʻli, qirgʻiz, rus, boshqalar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 5 ming kishi toʻgʻri keladi.
Xoʻjaligi
Tuman, asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Gʻallachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik bilan ham shugʻullaniladi. Jami ekin mayd. 41,1 ming ga, shu jumladan gʻalla ekinlari 22 ming ga, paxta 12 ming ga, sabzavot 882. ga, poliz ekinlari 1,3 ming ga, yem-xashak ekinlari 3,4 ming ga, bogʻlar 648 ga, tokzorlar 329 ga yerni tashkil qiladi. Barcha xoʻjaliklarda 25,1 ming qora mol, 40,6 ming qoʻy va echki, 1,5 ming ot bor.
Tumanda „Jizzax don mahsulotlari“ aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, Uchtepa non kombinati va mahsulotlarni qadoqlash korxonasi faoliyat koʻrsatadi. 4 avtokorxona mavjud. Uchtepa yengil sanoat va kasb-hunar kollejlari (500 talaba), litsey, 2 musiqa maktabi, 52 umumiy taʼlim maktabi (33,4 ming oʻquvchi), 40 jamoat va bolalar kutubxonalari (392 ming kitobga ega), muzey, stadion bor. 3 qishloq kasalxonasi, maxsus dispanser, 2 qishloq vrachlik punkti, 32 feldsher-akusherlik punkti boʻlib, ularda 166 vrach, 898 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. „Jizzax ovozi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 2000).[1]
Manbalar
Andoza:Https://gov.uz/oz/shrashidov/pages/about
https://kun.uz/news/2025/08/22/sharof-rashidov-tumaniga-yangi-hokim-tayinlandi[2]
https://www.gazeta.uz/oz/2025/08/22/sharof-rashidov/[3]
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=parametrini belgilashingiz kerak. „“. - ↑ „Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman hokimligi“.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.