Torf

Torf (olmoncha: torf ) — botqoqlik oʻsimliklarining oʻta namgar va havo kirib borishi qiyin boʻlgan sharoitda tabiiy chirishi va chala parchalangan qoldiklarining toʻplanishidan hosil boʻladigan foydali qazilma, yoqilgʻi. Torfning organik moddasi turli darajada parchalangan oʻsimlik qoldiqlaridan iborat. Torf yer ustida yoki mineral yotqiziqlar qoplami ostida birinchi oʻn m lardagi chuqurlikda yotadi. Chirindi (gumus) Torfga qoramtir rang beradi. Kimyoviy tarkibi Torf hosil qiluvchi oʻsimliklarning kimyoviy tarkibiga va torfning parchalanish darajasiga boglik boʻlib, unda 50—60% uglerod, 5— 6,5% vodorod, 30—40% kislorod, 1— 3% azot, 0,1—1,5% oltingugurt bor. Torfga xos xususiyatlar: tabiiy sharoitda juda koʻp nam (88—96%) saqlash, gʻovaklik (96—97% gacha) va boshqa torfning teksturasi bir jinsli, baʼzan qatlamli, strukturasi, odatda, tolasimon va plastik. Rangi sariq yoki qoʻngʻirqora. Torfning quruq holatda zichligi (0,3 g/sm3 gacha), issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti kam, gaz yutish xususiyati esa koʻp boʻladi. Torfning dunyodagi zaxirasi 500 mlrd. t boʻlib, konlarining maydoni dunyo boʻyicha 176 mln. Torf tez uvalanishidan uzoqqa tashib borish kiyin. Shuning uchun mahalliy yoqilgʻi sifatida foydalaniladi. Briketlangan hodda tashish kulay. Torf yirik elektr styalari, issiklik elektr markazlari hamda zd va fka qozonxonalarida yoqish uchun ishlatiladi. Torfdan qurilish materiallari (plitalar) ham tayyorlanadi. Gazlashtirish va chala kokslash yoʻli bilan kimyoviy moddalar olinadi. Torfda va ohak aralashmasini tayyorlashda torfammiakli oʻgʻitlar ishlab chiqarishda, sabzavotchilik va gulchilikda biologik yoqilgʻi, chorvachilikda toʻshama sifatida, tibbiyotda davolash muolajalarida ishlatiladi. Torf konlari barcha materiklarda: Shimoliy yarim sharda — Gʻarbiy Sibir va gʻarbga tomon Atlantika okeanining sohillarigacha hamda Shim. Amerikaning shim.sharqiy qismida bor. Janubiy yarim sharda esa Jan.
Sharqiy Osiyo olaridagina topilgan.
Yana qarang
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.