Gumus

Gumus (lot. humus — tuproq), chirindi — tuproqning nisbatan barqaror, odatda, qoramtir organik birikmalari majmui; nobud boʻlgan oʻsimlik va hayvon organizmining biologik hamda biokimyoviy oʻzgarishi (chirishi va undan murakkab yangi moddalarning sintezlanishi) natijasida hosil boʻladi. Gumus tarkibiga organik qoldiq moddalar (oqsillar, uglevodlar, lignin, yogʻlar va boshqalar), ularning oʻzgarishi vaqtida vujudga kelgan oraliq mahsulotlar (aminokislotalar, oksikislotalar, fenollar, monosaharidlar va hokazo) va guminli moddalar kiradi. Gumus tuproq unumdorligini taʼminlovchi eng muhim qismdir. Unda oʻsimlikning asosiy oziq elementlari (uglerod, azot, fosfor va boshqalar) bor. Oʻsimlik krldiklarining chirishidan oddiy birikmalar vujudga keladi. Mas, mikroorganizmlar taʼsirida ulardan uglerod, karbonat angidrid, azot, fosfor va oltingugurt nitratlar hamda sulfatlar shaklida, shuningdek, boshqa elementlar oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan birikmalar holida ajralib chiqadi. Gumus kalsiy, magniy va boshqa kimyoviy elementlarni singdiradi hamda tuproqda ushlab turadi, tuproqning mineral qismini bir-biri bilan biriktirib, donadorlikni vujudga keltiradi. Buning natijasida tuproqning mustahkam, suvga bardoshli tarkibi hosil boʻladi. Gumusning toʻplanishi har yili tuproqqa tushadigan organik qoldiqlar (ildiz)ning miqdori, ularning biologik hamda kimyoviy oʻzgarishi va tuproq mikroflorasi harakteri (zamburugʻli, bakteriyali, anaerob yoki aerobligi) bilan belgilanadi. Gumus birikmalari va ularning tuproqda tarqalishi tuproq tipining muhim belgisi qisoblanadi.

Ergash Ziyamuhamedov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.