Toʻgʻri burchakli uchburchak

a, b - katetlar. c - gipotenuza. γ - toʻgʻri burchak

Toʻgʻri burchakli uchburchak — Bitta burchagi toʻgʻri, yaʼni 90° (yoki radian) boʻlgan uchburchak. Bunday uchburchakda toʻgʻri burchak qarshisidagi tomon gipotenuza, qolgan ikki tomon esa katetlar deyiladi.

Xossalar

Toʻgʻri burchakli uchburchak boshqa uchburchaklardan farqli xossalarga ega.

Birinchi xossa

Toʻgʻri burchakli uchburchakning qolgan ikkita burchagi oʻtkir boʻlib, ularning yigʻindisi 90° ga teng.

Ikkinchi xossa

Toʻgʻri burchakli uchburchakning katetlaridan biri gipotenuzaning yarmiga teng boʻlsa, u katet qarshisidagi burchak 30° li boʻladi.

Uchinchi xossa

Toʻgʻri burchakli uchburchakning gipotenuzaga tushirilgan medianasi gipotenuzaning yarmiga teng.

Yana qarang