Pifagor teoremasiga, asosan, toʻgʻri burchakli uchburchak katetlariga yasalgan kvadratlar yuzalarining yigʻindisi gipotenuzaga yasalgan kvadrat yuzasiga teng (rasmga q.). Pifagor teoremasi Qadimgi Misr va Pifagor teoremasiga Bobilda maʼlum °VD shakl. boʻlgan, lekin birinchi isboti Pifagorga tegishli deb hisoblanadi. Hozir Pifagor teoremasining oʻndan ortiq isboti maʼlum. Yuqorida keltirilgan Pifagor teoremasi taʼrifi Yevklid geometriyasida oʻrinli, lekin noyevklid geometriyalarda Pifagor teoremasi boshqacha ifodalanadi.[1]