Terminologiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Terminologiya (termin va … logiya) — 1) 1) leksikanutg bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish. tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogʻliq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika. Mas., fizika terminologiyasi, ijtimoiysiyosiy terminologiya, mashinasozlik terminologiyasi kabi. Terminologiya umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Uz navbatida u, umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina oʻsha tilda maxsus terminologiya vujudga keladi.
Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa Bugungi kunda oʻzbek terminologiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Mas., umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, terminologiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Mas., birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiya si maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbek tili terminologiya si maʼlum taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Oʻzbek tili terminologiyasi sohasidagi ishlarni oʻtgan asrning 50-yillarida Oʻzbekiston SSR Oliy Soveta Prezidiumi huzuridagi Til va terminologiya komiteta boshkargan (1931—1937-yillarda faoliyat koʻrsatgan), keyinchalik Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti krshidagi terminologiya boʻlimi (1964-yildan) olib bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qoʻmitasi 1988-yildan 2004-yilgacha oʻzbek tili terminologiyasini tartibga solish va takomillashtirish bilan shugʻullanib keldi (2004-yil yanvardan mazkur koʻmita faoliyati toʻxtatildi).
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.