Termin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Termin (lotincha: terminus — „chegara“, „had“) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. Termin umumxalq tshtiga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, histuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar terminga xos xususiyatlardir. Biologiya, matematika, tilshunoslikda qoʻllanadigan „funksiya“ soʻzini koʻp maʼnoli termin sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha termin ining ikkinchi soha termini sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar termin hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan termin ning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir terminlar hamdir. Masalan, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha terminlari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi.
Hozirgi kunda „termin“ soʻzi bilan bir qatorda „atama“, „istiloh“ soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Lekin ular „termin“ soʻzining hozirgi maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. „Atama“ soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obyektlar, atoqli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. „Istiloh“ soʻzini esa termin maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va boshqalar)da bemalol qoʻllash mumkin.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.