Omonimlar

Omonimlar (omo … va yunoncha: oputa – nom, ism) – umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. Omonimlarning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi.

Omonimlar bilan bir qatorda tilda ularning alohida turlari sifatida omograflar (bir xil yoziladigan, lekin urgʻu va talaffuz bilan farqlanadigan soʻzlar: olma(meva nomi)—olma(„-ma“ qoʻshimchasini olgan ish-harakat), tom (uy tomi) – tom (kitob tomi) va boshqalar, hamda, omofonlar (bir xil talaffuz qilinadigan, lekin yozilishida farq qiladigan soʻzlar): yetti (son) – yetdi (feʼl); yot (begona) – yod (xotira) va hokazo. Omonimiyaning mazkur barcha koʻrinishlariga mansub soʻzlar maʼnosi asosan matn orqali bilinadi.

Omonimlar mumtoz adabiyotda tajnis sanʼati va tuyuq janrini yaratishda, askiya payrovlarida esa soʻz oʻyini va qochiriq sifatida ishlatiladi. Soʻz ustalari, ayniqsa, shoirlar (Al-Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Soʻfi Olloyor, Habibiy va boshqalar) poetik taʼsirchanlikni oshirishda omonimlar dan mahorat bilan foydalanganlar. Xorazmiyning: „Buyung sarvu sanubartek“, „beling-qil“, „Vafo qilgan kishilarga vafo qil“ bayti yoki Alisher Navoiyning: Olmani sundi nigorim – ol, —dedi, Olma birla bu koʻngilni ol, – dedi, Soʻrdim ersa olmasining rangini, Ne soʻrarsan? – olma rangi ol, dedi. Tuyugʻi buning yorqin isbotidir. Dastlabki baytda qil soʻzi 2 maʼnoda (qilga oʻxshash ingichka; qilmoq feʼlning oʻzagi) ishlatilgan boʻlsa, tuyukda ol soʻzi 3 maʼnoda ishlatilgan (buyruq feʼli; koʻngil ovlamoq; qizil rang, ol rang[1].

Yana qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.