Stargirl Interlude

„Stargirl Interlude“
Lana Del Rey ishtirokidagi The Weeknd qoʻshigʻi
Starboy albomidan
Chiqarilgan sanasi 2016-yil 25-noyabr
Studiya Conway (Hollywood)[1]
Janr
  • alternativ R&B
  • alternativ pop
Davomiyligi 1:52
Leybl
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Doc McKinney
  • Labrinth
Audio
„Stargirl Interlude“ YouTubeda

Stargirl Interlude“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd hamda amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi Lana Del Rey ijrosidagi qoʻshiq. „Interlyudiya“ sifatida talqin qilingan ushbu trek The Weekndning uchinchi studiyaviy albomi – Starboy (2016) tarkibiga kiradi. Trek nomi albomdagi bosh qahramon – Starboy nomiga bevosita ishora boʻlib, matnda uning ayoliy muqobili – Stargirl obrazi tasvirlanadi. Qoʻshiq The Weeknd va Lana Del Rey tomonidan Martin „Doc“ McKinney hamda Labrinth bilan hamkorlikda yozilgan.

Bu qoʻshiq The Weeknd va Lana Del Rey oʻrtasidagi toʻrt hamkorlikdan ikkinchisi hisoblanadi. Undan keyin esa Lana Del Reyning beshinchi studiyaviy albomi – Lust for Life (2017) tarkibidagi, albom nomiga ega trek eʼlon qilingan[2][3].

Tarixi

2012-yildan beri doʻst boʻlgan Del Rey va The Weeknd bundan avval 2015-yilda uning Beauty Behind the Madness albomidagi „Prisoner“ qoʻshigʻida hamkorlik qilishgan[4]. Shundan soʻng, ular 2015-yilda bir nechta studiya sessiyalarida yana birga ishlashgan va bu hamkorlik natijasida Starboy albomidagi „Stargirl Interlude“ hamda „Party Monster“ treklariga asos solingan. „Party Monster“ qoʻshigʻi matni Del Rey bilan birga yozilgan boʻlib, u rasmiy ravishda tilga olinmagan boʻlsa-da, vokal ijrosi bilan ham unda ishtirok etgan[5][6].

Tijoriy koʻrsatkichlari

Starboy albomi chiqqanidan soʻng, singl sifatida chiqarilmagan bir nechta qoʻshiqlar turli musiqiy chartlarda debyut qilgan. Ulardan biri boʻlgan „Stargirl Interlude“ AQShning Billboard Hot 100 chartida 61-oʻringacha, Buyuk Britaniyaning UK Singles Chart roʻyxatida esa 73-oʻringacha koʻtarilgan. Qoʻshiq, shuningdek, Billboard Hot R&B Songs chartida ham paydo boʻlib, 21-oʻringa chiqqan[7]. 2022-yilda „Stargirl Interlude“ning albomdagi yana bir trek – „Die for You“ bilan birga TikTok ijtimoiy tarmogʻida virusli tarzda ommalashishi qoʻshiqqa boʻlgan qiziqishni orttirdi[8][9]. Natijada, striming va sotuv hajmi oshdi va qoʻshiq joy olgan albom Billboard 200 chartining kuchli 40 taligiga qaytdi. Shu bilan birga, „Stargirl Interlude“ Spotify platformasida eng koʻp tinglangan interlyudiya sifatida eʼtirof etildi. Bu yutuqni The Weeknd oʻzi ham nishonladi[10][11][12].

Chartlar

Sertifikatsiya

„Stargirl Interlude“ning sertifikatsiyasi
Hudud Sertifikatsiya Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar
Birlashgan Qirollik (BPI) Platina 600,000
Braziliya (Pro-Música Brasil) Oltin 30,000
Daniya (IFPI Danmark) Oltin 45,000
Fransiya (SNEP) Platina 200,000
Ispaniya (PROMUSICAE) Oltin 30,000
Italiya (FIMI) Oltin 50,000
Kanada (Music Canada) Oltin 40,000
Polsha (ZPAV) 2× Platina 100,000
Yangi Zelandiya (RMNZ) 2× Platina 60,000
Striming
Gretsiya (IFPI Greece) 2× Platina 4,000,000

Manbalar

  1. Starboy Credits.
  2. Davis, Sarah (April 19, 2017). „Lana Del Rey and The Weeknd reunite on "Lust For Life" — listen“. Consequence of Sound.
  3. „Lana Del Rey Joins The Weeknd on "Stargirl Interlude"“. Popdust (2016-yil 29-noyabr). 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „The surging R&B/pop star makes history on Hot R&B/Hip-Hop Songs, among other chart feats, including on the Hot 100, all powered by the monster start of his new album, "Beauty Behind the Madness.". Billboard. September 5, 2015.
  5. „The Weeknd Starboy Album Credits“ (2016-yil 28-noyabr).
  6. Martinez, Jose. „The Weeknd Shuts Down Troll as He Celebrates Streaming Milestones“ (en). Complex (2023-yil 9-yanvar).
  7. „The Weeknd Charts Entire 'Starboy' Album on Hot 100“. Billboard.
  8. „Lirik Lagu 'Stargirl Interlude' milik The Weeknd feat. Lana Del Rey - Sonora.id“. www.sonora.id.
  9. Daly, Rhian „The Songs That Trended In 2022“ (2022-yil 16-may).
  10. „Trending Up: Bizarrap Eyes a US Breakthrough, The Weeknd Gets a Deep-Cut Revival & More“. Billboard. July 27, 2022.
  11. „The Weeknd Ft. Lana Del Rey's 'Stargirl' Is Now the Most Streamed Interlude in Spotify History“. GlamourBuff (2023-yil 5-yanvar). 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. the Weeknd [@theweeknd]. „Most streamed interlude“.
  13. "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  14. "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  15. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  16. "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 2019-yil 1-sentyabr.
  17. „Official IFPI Charts - Digital Singles Chart (International) - Week: 06/2023“. www.ifpi.gr. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  18. "Irish-charts.com – Discography The Weeknd". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  19. "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 1-sentyabr.
  20. „2022 34-os savaitės klausomiausi (Top 100)“ (lt). AGATA (2022-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  21. "The Weeknd feat. Lana Del Rey – Stargirl Interlude" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  22. "The Weeknd feat. Lana Del Rey – Stargirl Interlude". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  23. „2022 metų klausomiausi (Top 100)“ (lt). AGATA. Qaraldi: 2023-yil 28-fevral.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.