False Alarm
| „False Alarm“ | ||||
|---|---|---|---|---|
|
| ||||
| The Weeknd singli | ||||
| Starboy albomidan | ||||
| Chiqarilgan sanasi | 2016-yil 29-sentabr | |||
| Yozilgan sanasi | 2016-yil | |||
| Studiya | Conway (Los-Anjeles)[1] | |||
| Janr | ||||
| Davomiyligi | 3:50 | |||
| Leybl | ||||
| Qoʻshiq muallif(lar)i |
| |||
| Prodyuser(lar) |
| |||
| The Weeknd singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
| Klipi | ||||
| „False Alarm“ YouTubeda | ||||
„False Alarm“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd ijrosidagi qoʻshiq boʻlib, uning uchinchi studiyaviy albomi – Starboy (2016) dan oʻrin olgan. Qoʻshiq 2016-yil 29-sentabrda albomning ikkinchi singli sifatida XO va Republic Records leybllari orqali chiqarilgan. Qoʻshiq muallifligi va produserligi The Weeknd, Doc McKinney, Cirkut hamda Mano tomonidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari, qoʻshiq yozilishida Belly va Ben Billions ham qatnashgan.
Tarixi va chiqarilishi
Qoʻshiq Starboy albomining iTunes’da oldindan buyurtmalari ochilgach, uning uchinchi treki ekani oshkor boʻldi[4]. Shuningdek, u 2016-yil 29-sentabrda albomning ikkinchi singli sifatida chiqarilgan[5][6].
Kompozitsiyasi
„False Alarm“ 3 daqiqa 50 soniya davom etadi va tanqidchilar tomonidan dance-punk[7] hamda elektrorok[8] janrlariga mansub qoʻshiq sifatida tasvirlangan. Qoʻshiq matni giyohvandlik, romantik boʻlmagan munosabatlar va moddiychilik atrofida aylanadi[9].
Musiqiy klipi
Qoʻshiqning videoklipi 2016-yil 13-oktabrda taqdim etilgan va Ilya Naishuller tomonidan suratga olingan. Unda bankdagi oʻgʻrilik voqeasi jinoyatchilardan birining nuqtayi nazaridan koʻrsatiladi. Videodagi ochiq zoʻravonlik sahnalari tufayli boshida ogohlantiruvchi yozuv qoʻyilgan boʻlib, unda videoda nojoʻya sahnalar mavjudligi sababli tomoshabinlardan ehtiyotkorlik soʻraladi. Videoklip shuningdek, barchasi bitta kadrda suratga olingandek koʻrinadigan tarzda ishlangan[10].
Syujeti
Video bank talonchiligi allaqachon boshlangan holatda boshlanadi. Bosh qahramon (The Weeknd), qizil niqobli (Randy Irwin), sariq niqobli (Sam Hale), oq niqobli (Damion Poitier) va qora niqobli talonchi uchta sumkaga pul solayotgan boʻladi, shu paytda tashqarida politsiya yetib keladi. Guruh orqa chiqish eshigi orqali qochishga harakat qiladi va bu orada yosh ayol (Kristine Froseth) ni garovga oladi. Ular pul va garovdagi ayolni furgonga yuklaydilar, biroq qora, oq va sariq niqob taqqan talonchilar politsiya tomonidan oʻldiriladi.
Yana bir furgon yetib keladi va omon qolgan talonchilar unga chiqishni va pul solingan sumkalarni ikkinchi mashinaga otishni boshlaydilar. Birinchi sumka furgonga tushadi, ammo ikkinchi sumka tushib qoladi. Bosh qahramon soʻnggi sumkani emas, garovdagi ayolni yangi furgonga uloqtirishni tanlaydi va keyin oʻzi unga chiqadi. Bu holat qizil niqobli talonchini gʻazablantiradi. Birinchi furgon toʻxtab turgan mashinaga urilib portlab ketadi, haydovchi esa ikkinchi furgonga chiqishga ulgurmagan boʻladi. Shundan soʻng, qizil niqobli talonchi bosh qahramonni oʻldirmoqchi boʻladi, biroq garovdagi ayol uning qurolini olib, uni otib qoʻyadi. Bosh qahramon ham yana bir oʻq otib uni oʻldiradi. Biroq oʻq tasodifan haydovchini ham oʻldiradi. Haydovchisiz qolgan furgon qarama-qarshi yoʻldan kelayotgan yuk mashinasi bilan toʻqnashib, jarlikka tushadi. Bosh qahramon garovdagi ayolni tanasi bilan himoya qiladi.
Avtohalokatdan soʻng garovdagi ayol ham, bosh qahramon ham omon qoladi, biroq yirik shisha boʻlagi bosh qahramonning qorniga sanchiladi. Ogʻir jarohat olgan bosh qahramon garovdagi ayolning pul solingan sumkani olib, uni tashlab ketishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Politsiya voqea joyiga yaqinlashar, sirenalar tovushi esa tobora kuchayib borar ekan, bosh qahramon oynaga qaraydi va uning aslida The Weeknd ekani oshkor boʻladi. The Weeknd qurolni oʻziga qaratadi va oʻz joniga qasd qiladi. Ekran qora tusga kiradi.
Jonli ijrosi
The Weeknd „False Alarm“ qoʻshigʻini 2016-yil 1-oktabrda boʻlib oʻtgan Saturday Night Live dasturining 42-mavsum ilk sonida ijro etgan[11].
Boshqa OAVda foydalanilishi
„False Alarm“ 2016-yilgi WWE Survivor Series turnirining rasmiy qoʻshigʻi boʻlgan[12].
Chartlar
| Chart (2016) | Eng yuqori oʻrin |
|---|---|
| 55 | |
| 23 | |
| 72 | |
| 9 | |
| 51 | |
| 98 | |
| 65 | |
| 33 | |
| 79 | |
| 45 | |
| 25 | |
| 1 | |
| 86 | |
| 89 | |
| 85 | |
| 38 |
Sertifikatsiya
| Hudud | Sertifikatsiya | Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar |
|---|---|---|
| Qoʻshma Shtatlar (RIAA) | Platina | 1,000,000 |
| Avstraliya (ARIA) | Platina | 70,000 |
| Birlashgan Qirollik (BPI) | Kumush | 200,000 |
| Braziliya (Pro-Música Brasil) | Platina | 60,000 |
| Kanada (Music Canada) | Platina | 80,000 |
| Yangi Zelandiya (RMNZ) | Oltin | 15,000 |
Chiqarilish tarixi
| Hudud | Sana | Format | Leybl(lar) | Man |
|---|---|---|---|---|
| Global | 2016-yil 29-sentabr | raqamli yuklab olish | [5] |
Manbalar
- ↑ Starboy Credits.
- ↑ Witmer, Phil „With "False Alarm," the Weeknd Has Finally Become the Punk Rocker Only He Can Be“ (2016-yil 30-sentyabr).
- ↑ Ramsay, Kate „The Weeknd Shares New Dance Anthem "False Alarm"“ (2016-yil 30-sentyabr). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Giles, Jeff „The Weeknd Debuts Daft Punk Collaboration 'Starboy'“. Diffuser (2016-yil 22-sentyabr).
- ↑ 5,0 5,1 Lawler, Kelly. „Not a 'False Alarm': The Weeknd drops another new single“. USA Today (2016-yil 30-sentyabr).
- ↑ Josephs, Brian „The Weeknd Reveals His New Album Starboy“. Spin (2016-yil 21-sentyabr).
- ↑ DiMeglio, Mary J. (September 30, 2016). „The Weeknd Unveils Second New 'Starboy' Single, the Frantic 'False Alarm': Listen“. Billboard (ingliz (Amerika)).
- ↑ Jenkins, Craig „The Weeknd Knows No Bounds“ (en-us). Vulture (2022-yil 7-yanvar). — „...on which the singer-songwriter born Abel Tesfaye revisits the electro-rock attempt of Starboy’s “False Alarm”...“.
- ↑ Atkinson, S.. „The Weeknd's "False Alarm" Lyrics Explore Familiar Themes In A Cool New Way — LISTEN“. Bustle (2016-yil 30-sentyabr).
- ↑ The Weeknd - False Alarm, October 13, 2016
- ↑ Young, Alex. „The Weeknd kicks off Saturday Night Live's 42nd season in style — watch“. Consequence of Sound (2016-yil 2-oktyabr).
- ↑ Keller, Wade „KELLER'S WWE RAW REVIEW 11/7: Survivor Series hype for first Raw ever in Scotland including big five-person main event“. Pro Wrestling Torch (2016-yil 7-noyabr). — „Graves plugged the official theme song of Survivor Series, "False Alarm" by the Weeknd.“.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 11-dekabr.
- ↑ „ARIA CHART WATCH #397“. auspOp (2016-yil 3-dekabr). 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „ARIA Urban Singles Chart“. ARIA (2016-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 11-dekabr.
- ↑ "The Weeknd: Artist Chart History". Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – False Alarm" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.
- ↑ "Irish-charts.com – Discography The Weeknd". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – False Alarm" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – False Alarm". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
- ↑ "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 201648 into search. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ „NZ Heatseekers Singles Chart“. Recorded Music NZ (2016-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
- ↑ "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd – False Alarm". Singles Top 100. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
- ↑ "The Weeknd – False Alarm". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2016-yil 12-oktyabr.
- ↑ "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 201648 into search. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.