Sovun

Sovun - suv bilan birga tozalashda ishlatiluvchi sirt-faol moddadir. Sovun qattiq yoki suyuq holatlarda ishlab chiqariladi.
Sovun — tarkibida 8 tadan 18 tagacha uglerod atomi boʻlgan yuqori molekulali yogʻ, naften va smola kislotalarining tuzlari (qarang Karbon kislotalar). Sovunda va roʻzgʻorda (tovar Sovun) Sovun deganda karbon kislotalarning suvda eriydigan tuzlariga yuvuvchi taʼsirga ega boʻlgan baʼzi moddalarning qoʻshilmasi tushuniladi. Bu aralashmalarning asosini toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalari (stearin, palmitin, miristin, laurin va olein)ning natriyli (baʼzan, kaliyli va ammoniyli) tumari tashkil etadi. Mol. m. kichik kislotalar yuvuvchi taʼsirga ega emas, mol. m. katga kislotalar esa suvda yomon eriydi. Ishqoriy yer va ogʻir metallar (mis, simob va boshqalar)ning tuzlari shartli ravishda "metall" Sovun deyiladi. Ularning koʻpchiligi suvda erimaydi, lekin uglevodlarda eriydi, bunday tuzlar plastik (konsistent) surkov materiali, loklar, plastifikatorlar va boshqa tayyorlashda qoʻllanadi. Suvsiz natriyli Sovun — qattiq modda, suyuqlanish temperaturasi 250—260°. Sovun ga suv qoʻshilganda uning suyuqlanish temperaturasi pasayadi. Tovar Sovunning suyuqlanish temperaturasi 100°. Qattiq Sovunning zichligi 1050 kg/m³ ga yaqin; suvsiz S, gifoskopik Sovunning yuvuvchi modda, hoʻllagich, emulgator, peptizator, surkov materiallari va boshqa sifatida keng ishlatilishining sababi Sovun molekulalarning oʻziga xos tuzilganligidir. Sovun — sirt faolmoddalaraan. Sovun suvli eritmalarda gidrolizlanadi. Sovun eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega. Oʻta suyultirilgan Sovun ionlarga toʻliqdissotsiyalanadi. Qattik, suvda Sovunning yuvuvchi taʼsiri keskin pasayadi, chunki bunda suvda erimaydigan kalsiy va magniy tuzlari hosil boʻladi (qarang Suvning qattiqligi).
Sovun qadimdan maʼlum yuvuvchi vositadir. Qadimgi gallar va germanlar yogʻlarni oʻsimlik kuli, ohak va tabiiy ishqorlar bilan ishlab Sovun tayyorlaganlar. XVII asrda potash (K2SO3) qoʻllab kaliyli suyuq ("yashil") Sovun ishlab chiqarilgan. 1800-yildan suyuq Sovunga qaynatish paytida osh tuzi bilan ishlov berish orqali qoʻlbola "qattiq va sariq" natriyli Sovunch. boshlangan. Ilk bor kalsinatsiyalangan sodadan foydalanib sanoat miqyosida Sovun ishlab chiqarish XVIII asr oxirlarida amalga oshirilgan.
Maʼlumki, kir kiyimkechak va boshqa materiallarda turli yogʻlar boʻladi. Bunday materiallar suv bilan yuvilganda toza boʻlmaydi, chunki kir tarkibidagi yogʻlar hoʻllanmaydi. Sovun bilan yuvilganda Sovunning tortadigan qismi (yaʼni karboksil guruh) kir tarkibidagi yogʻlarni hoʻllaydi. Natijada materialdagi kir Sovun eritmasi bilan emulsiya hosil qiladi va suv bilan oson yuviladi.
Sovun neytral yogʻlarga oʻyuvchi ishqorlar taʼsir ettirib yoki yogʻ kislotalarini oʻyuvchi ishqorlar yoxud ishqorli karbonatlar bilan neytrallab olinadi. Sovun konsistensiyasiga koʻra, qattiq, mazsimon, suyuk va poroshoksimon boʻladi; ishlatilish maqsadiga qarab kir S, atir Sovun va texnik Sovunga boʻlinadi; tayyorlash usuli boʻyicha yelimli va oʻzakli Sovunga ajraladi.
Natural va gidrogenlangan holdagi oʻsimlik yogʻlari, hayvon yogʻlari, sintetik yogʻ kislotalari, yogʻlarni tozalashda hosil boʻlgan chiqindilar, kanifol Sovun tayyorlash uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. S. pishirish uchun neytral va parchalangan yogʻlardan foydalaniladi.
Adabiyot
- Abramzon A. A., Poverxnoaktivnie veshestva, 2 izd., L., 1981.
Sobirjon Aminov.
Kimyoviy jihatdan sovun yogʻ kislotasining tuzidir. Odatda sovun yogʻ va ishqorlar (natriy gidroksid, kaliy gidroksid kabi) yoki natriy karbonat reaksiyalari natijasi oʻlaroq hosil qilinadi. Bunda ishqor va suv yogʻni gidrolizlab, glitserin va sovunga aylantiradi. Sovun tabiiy jarayon orqali ham hosil boʻlishi mumkin; hayvon murdalarining qisman sovunga aylangani kuzatilgan.
Zamonaviy sovunlarga koʻp miqdorda boshqa yuzaviy-faol moddalar (masalan, abraziv, enzimlar, oksidlovchilar, atir va hokazo) qoʻshiladi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.