Atir
Atir (arabcha: xushboʻy) — xushboʻy oʻsimliklarning guli, bargi, ildizidan yoki baʼzi hayvonlar bezlaridan olinadigan moddalarning spirtdagi eritmasi. Atir dastlab Sharq mamlakatlarida tarqalgan. U zamonlarda atir turli gul moylaridan olinib, mushk va anbarlar aralashtirib tayyorlangan. Qadim zamonlarda (miloddan avvalgi 5000—2000-yil) ham atir ishlatilganligi maʼlum. Hozir atir sunʼiy usulda sintez qilingan har xil xushboʻy moddalardan ham ishlab chiqarilmoqdatir Gultojbarg yoki oʻsimlik ildizidan efir moyi olish uchun u maxsus germetik qozonda ekstraksiya qilinadi va atir kompozitsiyasi (efir moyi bilan xushboʻy modda aralashmasi) tayyorlanadi. Har bir atir uchun oʻziga xos „hid“ (boʻy) tanlanadi. Tuzilgan kompozitsiya yuqori darajada tozalangan etil spirtda eritilib, emallangan berk idishlarda 12 kungacha saqlanadi. Soʻngra filtrdan oʻtkazilib, flakon shishachalarga quyiladi. Aʼlo sifatli atirda 10-12 %, oʻrtachasida 5% xushboʻy modda boʻladi. Toshkent atir-upa fabrikasida boshqa davlatlardan tayyor kom-pozitsiyalar olib ishlatiladi yoki efir moylari keltirilib, kompozitsiya shu yerda tayyorlanadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
| Vikiomborda „Atir“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.