Sabih

Sabih (ibroniycha: סביח‎ [saˈbich]) — bu isroil oshxonasi taomidir. U qovurilgan baqlajon, qattiq qaynatilgan tuxum, katsuz salati, petrushka, mango solingan amba va tahini sousi[1] bilan toʻldirilgan pita yoki laffu. en]. Sabih ingredientlari anʼanaviy Iroq tez pishar nonushtasiga asoslangan. Sabih butun Isroil boʻylab koʻplab restoran va gazakxonalarda tayyorlanadi. Bu mashhur koʻcha taomidir.

Etimologiyasi

Sabih ismining kelib chiqishi haqida bir qancha nazariyalar mavjud.

Koʻpchilik buni Ramat Gan shahridagi restoranni boshqargan Iroqlik yahudiy Sabih Zvi Xalabiy[2] bilan bogʻliq, taomni shu inson kashf etgan deb hisoblaydi[3].

„Sabih“ soʻzi arabcha صباح [sˤaˈbaːħ] „tong“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, chunki bu taomning ingredientlari Iroq nonushtasiga xosdir[3].

Boshqa bir nazariyaga koʻra, „sabih“ ibroniycha „salat, beyza, yoter xatsil“ soʻzlarining qisqartmasi (ibroniycha: סלט ביצה יותר חציל‎) bolib‎, bu „salat, tuxum, koʻproq baqlajon“ degan maʼnoni anglatadi. Bu, ehtimol, yumoristik talqin backronim[4] boʻlishi mumkin.

Tarixi

Sabih sendvichi gʻoyasi, ehtimol, Isroilga 1940 va 1950-yillarda qochqin sifatida kelgan iroqlik yahudiylar tomonidan olib kelingan. Iroqlik yahudiylarning ertalab, nonushta tayyorlashga vaqt boʻlmaganida, oldindan tayyorlab qoʻyilgan qovurilgan baqlajon va qattiq qaynatilgan tuxumni lavash xamiriga oʻralgan holda yoki qaynatilgan kartoshka bilan sovuq holida isteʼmol qilishgan. Baqlajon bir kecha avval tayyorlab qoʻyilgan.

Isroilda bu ingredientlar bora-bora tezpishar taom sifatida mashhur boʻldi. Aytilishicha, bu taom Isroilda birinchi marta 1961-yilda Ramat Gan shahridagi Uziel koʻchasidagi kichik kioskda sotilgan[5]. 2020-yilda muassasaning hozirgi joylashgan joyiga tutash hudud „Sabiha maydoni“ deb nomlandi.

Non yoki lavash xamiri boʻlmagan variant Sabih salati deb ataladi (ibroniycha: «סלט סביח»‎).

Ingredientlar

Sabih anʼanaviy ravishda lavash xamiriga oʻrab beriladi. Uning tarkibida qovurilgan baqlajon boʻlaklari, qattiq qaynatilgan tuxum, tanixi sousi (tahini, limon sharbati va sarimsoq), isroil salati, mayda tugʻralgan petrushka va amba sousini mavjud boʻladi. Baʼzi versiyalarda qaynatilgan kartoshka ishlatiladi. Tuxumlardan anʼanaviy tarzda xaminado pishiriladi ular asta-sekin cholenda jigarrang boʻlguncha qizdiriladi. U yoki bu gazakxonaning ixtiyoriga koʻra, taomga ziravor sifatida yashil yoki qizil sxug qoʻshilishi va usti toʻgʻralgan piyoz bilan bezatilishi mumkin.

Galereya

Yana qarang

Manbalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.