Roʻzi Choriyev
| Roʻzi Choriyev | |
| Haqiqiy ismi | Choriyev Roʻzi Choriyevich |
| Tavalludi | 28-avgust 1931-yil Sherobod tumani, Oʻzbekiston SSR |
| Vafoti | 18-sentyabr 2004-yil (73 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Mashhur suratlari | „Chorvoq vodiysi“, „Surxondaryo odamlari“ |
| Mukofotlari | Oʻzbekiston xalq rassomi, |
Roʻzi Choriyevich Choriyev (1931.28.8, Sherobod tumani, Poshxurd qishlogʻi – 2004.18.9, Toshkent) – rang-tasvir ustasi. Oʻzbekiston BA faxriy akademigi (1997). Oʻzbekiston xalq rassomi (1987). Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurti (1959) va Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik instituti (1965) ni tugatgan. 1966—1973-yillar Toshkent pedagogika institutida dars bergan. 1990-yildan Respublika bolalar ijodiyoti markazida badiiy rahbar.
Asarlari
Choriyev asarlarida oʻlka manzaralari, oʻtmishi va bugungi kuni, kishilarini yorqin boʻyoqlarda katta mahorat bilan aks ettirgan. Uning ijodi rang-tasvirga milliy ruh, urf-odatlar, zamondoshlar, mashhur namoyandalar obrazlari turkumini olib kirishi, qishloqlarda tasviriy sanʼat galereyalarini tashkil qilishi bilan alohida ahamiyatga ega. Portretlar („Zamondoshim“, „Doʻstim portreti“, „Kelin. Shohi soʻzana“, „Firʼavn. Erkak portreti“, „Boysunlik qariya“, „Poshxurdlik qiz Barno“, „Sayroblik chol“, „Qish. Avtoportret“), maishiy va tarixiy („Suhbat“, „Xumson oqshomi“, „Oltintopgan koni“, „Nay. Choʻpon bola“, „Boysun“, „Bahor. Sherobod manzarasi“, „Bogʻlar“ va boshqalar) va shahrik mavzulardagi asarlari mashhur. Choriyev Oʻzbekiston tasviriy sanʼatini targʻib qilishda fidoyilik koʻrsatgan: uning tashabbusi va bevosita ishtirokida Respublika bolalar ijodiyoti markazi, viloyatlar (Surxondaryo va boshqalar)da tasviriy sanʼat muzeylari tashkil qilingan, yosh rassomlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatgan. 1969–yildan Xalqaro koʻrgazmalarda qatnashib kelgan. Yevropa (Italiya, Shvetsiya, Gretsiya va boshqalar), Osiyo, Afrika mamlakatlarida ijodiy safarda boʻlib, taassurotlari asosida qator asarlar yaratgan. U haqida „Koʻngil kamalagi yoki Roʻzi Choriyevni eslab…“ filmi yaratilgan (2004). Choriyev asarlari respublika va xorijiy mamlakatlarning muzeylari va xususiy toʻplamlarida saqlanadi. „Chorvoq vodiysi“, „Surxondaryo odamlari“ asarlari turkumi uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Adabiyot
- Valiullina N., Roʻzi Choriyev, T., 1983.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.