Avtoportret
Avtoportret (yun. autos – oʻz, frans. portrait – tasvir) – portret turi. Avtoportretda rassom yoki haykaltarosh oʻzini oʻzi tasvirlaydi. Odatda avtoportret ustida ishlayotganda muallif koʻzgu yoki bir nechta koʻzgulardan foydalanadi, asarda oʻz shaxsiyati (obrazi)ni koʻrsatadi, oʻz tabiatini, ichki dunyosini, ijodiy falsafasini ifodalaydi. Avtoportret qadimdan mavjud boʻlib, antik davr, oʻrta asr, ayniqsa, uygʻonish davrida keng rivojlangan. avtoportret inson ruhiyati, ma’naviy dunyosini ochib berishga intilish kuchaygan davrlarda koʻplab yaratilgan. Uygʻonish davri san’atkorlari: Rafael, Leonardoda Vinchi, Rembrandt, Dyurer, Van Deyk, Bryullovlarning avtoportretlari mashhurdir. Oʻzbekiston tasviriy san’atida avtoportret XX asrning 20 – 30-yillaridan keng tarqala boshladi. Rassomlardan A.Volkov, A.Siddiqiy, B.Hamdamip va boshqa ham avtoportretni yaratgan. Ayniqsa A.Abdulyaayev ijodida avtoportret muhim oʻrin egallaydi[1].
Manbalar
- ↑
„Avtoportret“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.